Top.Mail.Ru

Tadbirkorlikni rivojlantirish haqida bir ikki ogʼiz soʼz

Bugungi kunda Oʼzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi davlat darajasiga koʼtarilgan. Chorvachilik, baliqchilik va parrandachilikni keng yoyish, yurtimizda tadbirkorlik subʼektlariga keng koʼlamli imkoniyatlar yaratish maqsadida respublika rahbari tomonidan ham qator Farmon va qarorlar imzolangan.

Tadbirkorlikni rivojlantirish haqida bir ikki ogʼiz soʼz

Bugungi kunda Oʼzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi davlat darajasiga koʼtarilgan. Chorvachilik, baliqchilik va parrandachilikni keng yoyish, yurtimizda tadbirkorlik subʼektlariga keng koʼlamli imkoniyatlar yaratish maqsadida respublika rahbari tomonidan ham qator Farmon va qarorlar imzolangan.

Xoʼsh, ichki isteʼmol bozorini goʼsht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida 2021 yil 1 iyuldan qanday oʼzgarishlar amalga oshiriladi?

Demak, chorvachilik xoʼjaliklariga — oʼz xoʼjaliklarida yetishtirilib, goʼsht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 soʼm hamda sutining har bir litri uchun 200 soʼm;
-  parrandachilik xoʼjaliklariga — oʼz xoʼjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʼm hamda parranda goʼshtining har bir kilogrammi uchun 800 soʼm;
-  baliqchilik xoʼjaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʼm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʼm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar jami 203 xil tovarlarni (ot, qoʼy, qoramol, echki, asalari, ozuqalar va boshqa) Oʼzbekistonga olib kirganda quyidagi imtiyozlar beriladi:
-  ularni olib kirishda hisoblangan qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼlash muddati 180 kunga uzaytiriladi;
-  toʼlangan QQSning hisobot yakunidagi salbiy farqi 20 kundan kechiktirmasdan qoplab beriladi.

Bu esa tadbirkorlarning moliyaviy daromadlarini maksimal darajada koʼtarish uchun keng imkoniyatlardan foydalanish ekanligidan dalolat beradi.

19:16 • 11 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish