O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xabariga ko'ra, Kyongnam bankining vakolatxonasi akkreditatsiyaga ega bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xabariga ko'ra, Kyongnam bankining vakolatxonasi akkreditatsiyaga ega bo'ldi.
Vakolatxona mamlakatimiz banklari bilan hamkorlik o‘rnatish, bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, hamda Koreyaning bank-moliya sohasidagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Bank 1970 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda Koreyaning yetakchi banklaridan biri hisoblanadi.