Top.Mail.Ru

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2022 yil noyabr oyi holatiga.

So‘mdagi omonatlar bo‘yicha maksimal foiz stavkasi so‘nggi oylarda o‘zgarishsiz – yillik 24 foiz darajasida saqlanib qolmoqda. Biroq yiliga 24 foiz bilan omonat qabul qiluvchi banklar soni ortdi.

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2022 yil noyabr oyi holatiga.

Bugungi kunda 31 ta bankdan 26 tasida milliy valyutada omonat ochish mumkin. Deyarli barcha banklarda ikki usulda – bank filiali orqali va onlayn tarzda mobil ilova orqali omonat ochish imkoniyati mavjud. Onlayn omonatlar hali ham bank filiallarida rasmiylashtiriladigan omonatlarga qaraganda daromadliroq hisoblanadi. Banklar onlayn omonatlar bo'yicha 1 foizga yuqori stavkalarni taklif qilmoqda.

Maksimal yillik 24% stavka bilan omonatlarni Garant bank, Davr bank va Madad Invest bankda ochish mumkin.

Quyida barcha banklarning milliy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, so’mMuddatiRasmiylashtirish usuli
Davr bank24500 00013 oyMobil ilova orqali
Madad invest bank241 000 00013 oyBank ofislari orqali
Garant bank241 000 00024 oyBank ofislari orqali
TBC Bank23100 00024 oyMobil ilova orqali
Universalbank23500 00013 oyMobil ilova orqali
Anorbank23100 00013 oyMobil ilova orqali
Mikrokreditbank22-23100 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Agrobank22-23500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Ziraat bank223 000 00024 oyBank ofislari orqali
Tenge bank221 00013 oyMobil ilova orqali
2210 000 00013 oyBank ofislari orqali
Aloqabank2250 00012 oyMobil ilova orqali
221 000 00012 oyBank ofislari orqali
O’zsanoatqurilishbank22500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Hamkor bank222 000 00013 oyMobil ilova orqali
Turonbank221 000 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Infin bank221 000 00015 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Ipoteka-bank22100 00024 oyMobil ilova orqali
Asakabank21-22500 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Kapital bank211 000 000  25 oyMobil ilova orqali
Qishloq Qurilish bank211 000 0006 oyMobil ilova orqali 
13 oyBank ofislari orqali
Xalq banki21100 00018 oyMobil ilova orqali
20.41 000 00018 oyBank ofislari orqali
Milliy bank20-21100 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Trast bank19-20500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Asia Alliance bank191 000 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Ipak Yo’li banki171 000 00012 oyMobil ilova orqali
Poytaxt bank171 000 00024 oyBank ofislari orqali
Orient Finans bank15-1610 000 00010 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*

*Omonat bank ofisi yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirilishiga qarab foiz stavka o'rnatiladi.

Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.

15:42 • 29 November, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish