Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning qator masalalarini, jumladan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish, shahar va qishloq infratuzilmasi, suv ta'minoti kabi muhim yo'nalishlarda Jahon bankining moliyaviy ishtirokidagi loyihalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, tomonlar davlat ishtirokidagi yirik korxonalarini transformatsiya qilish sohasidagi islohotlarning borishi hamda 2020 - 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilish jarayoni bo‘yicha tadbirlarni ko'rib chiqishdi.
Jahon banki va O'zbekiston hukumati o'rtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, qator moliyaviy va grant bitimlari imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
Xususan, "O'zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish" loyihasi bo'yicha moliyaviy bitimlar imzolandi. Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 50 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratiladi.
Yangiliklar bilan depozit.uz sayti orqali tanishib boring