Fuqaro tomonidan tijorat bankida ipoteka kreditlari olish uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi lozim?
Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadon (uy-joy)ni sotib olishga fuqaro tomonidan tijorat bankida ipoteka kreditlari olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishlari lozim:
1. Ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida ariza;
2. Qarz oluvchining pasport nusxasi;
3. Qarz oluvchining ish joyidan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
4. Uy-joyni dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
5. Boshlang‘ich badal shakllantirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
6. Uy-joyning kadastr hujjati.
Ipoteka krediti olishda qarz oluvchining daromadlari yetarli bo‘lmaganda qo‘shimcha kafil bo‘lgan shaxslardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Kafilning pasport nusxasi;
2. Kafilning ish joyidan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Kredit ta’minoti sifatida sotib olinayotgan uy-joy qo‘yilishi mumkin.