Top.Mail.Ru

“Ipoteka-bank” ATIB kredit reytingi “salbiy”dan “barqaror” darajaga ko‘tarildi

2021 yil 4 iyunda «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respubikasi tijorat banklari bo‘yicha navbatdagi hisobotni eʼlon qildi.

“Ipoteka-bank” ATIB kredit reytingi “salbiy”dan “barqaror” darajaga ko‘tarildi

Bank Axborot xizmati maʼlum qilishicha, 2021 yil 4 iyunda «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respubikasi tijorat banklari bo‘yicha navbatdagi hisobotni eʼlon qildi. Hisobotga ko‘ra, tijorat banklari orasida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining kredit reytingi “VV-/V” darajada saqlab qolingan holda, reyting istiqboli “salbiy”dan “barqaror”ga oshirildi.

“S&P” xalqaro reyting agentligi tahlilchilarining fikriga ko‘ra, “Ipoteka-bank” adekvat kapitalizatsiya ko‘rsatkichlarini saqlab qoladi va ravon xususiylashtirish jarayonini taʼminlash uchun zarurat tug‘ilganda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlab boriladi.

Bugungi kunda “Ipoteka-bank” O‘zbekistonning to‘rtinchi yirik banklaridan biri hisoblanadi hamda 2020 yil yakuni bo‘yicha 8,9 foiz ulushga ega bo‘ldi.

Aytish joizki, Ipoteka-bank keyingi yillarda ham o‘zining bank mahsulotlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga, o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarib kelayotgan banklardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

10:42 • 15 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish