“Ipak yoʼli” banki mijozlari endi «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali pul oʼtkazmalarini onlayn tarzda oson va tez qabul qilish imkoniyatiga ega boʼldi.
“Ipak yoʼli” banki mijozlari endi «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali pul oʼtkazmalarini onlayn tarzda oson va tez qabul qilish imkoniyatiga ega boʼldi.
Bank Аxborot xizmati xabar berishicha, mijoz pul o‘tkazmasini olishi uchun, «Ipak Yo‘li» AITBda emissiya qilingan faol VISA, Mastercard va/yoki UnionPay kartasiga ega bo‘lishi hamda bankning mobil ilovasining identifikatsiyadan otgan foydalanuvchisi bo‘lishi lozim. Operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq, pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi, «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali Ipak Yoli bankini tanlab, foydalanuvchining «Ipak Yoʼli Mobile» mobil ilovasiga ulangan telefon raqamini teradi.
O‘tkazma avtomatik tarzda xalqaro kartaga AQSh dollarida amalga oshiriladi. Pul mablag'larni kartaga o'tkazishda komissiya olinmaydi. Jo‘natma oluvchining hisobiga pul o‘tkazmasi amalga oshirilganidan keyinoq tushadi.
Maʼlumot oʼrnida, bu kabi xizmat “Turonbank” ning “MyTuron” ilovasida ham yoʼlga qoʼyilgan.