Ba’zi omonatlarning shartlariga ko‘ra hisoblangan foizlar oldindan (avans shaklida) beriladi.
Ba’zi omonatlarning shartlariga ko‘ra hisoblangan foizlar oldindan (avans shaklida) beriladi. Bunda, omonatga pul qo‘ygan zahotingiz (shu kunning o‘zida) omonat shartlaridan kelib chiqib to‘liq muddat yoki omonat muddatining bir qismi uchun foizlar to‘lab beriladi.
Bunday omonatlarning afzalligi: omonatingiz uchun oldindan olingan daromadni boshqa omonatga qo‘yib, uning ustidan ham qo‘shimcha daromad qilishingiz mumkin.
Natijada, bu turdagi omonatlarning effektiv foiz stavkasi (haqiqiy foizi), odatiy omonat foizidan sezilarli darajada balandroq bo‘ladi.
Misol uchun, “Asakabank” tomonidan taklif qilinayotgan “Avans” omonatiga 1 mln. so‘m qo‘ysangiz, sizga shu zahoti 180 ming so‘m (18%) avans tariqasida to‘lab beriladi. Siz ushbu 180 ming so‘mni ham 20% lik omonatga qo‘ysangiz, natijada 1 mln. so‘mdan jami 216 ming so‘m (21.6%) daromad olasiz.
E’tiboringizga Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasidagi eng yuqori foiz stavkasiga ega, foizlari oldindan (avans shaklida) beriladigan omonatlarni keltiramiz.
• Muhim: Daromad omonat minimal summasidan kelib chiqib hisoblangan.
Omonatlarning batafsil shartlari bilan Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.