Top.Mail.Ru

Daromadingizni oshirmoqchimisiz? Qanday qilib pulni oqilona sarflash va boyib ketish mumkinligi haqida foydali maslahatlar.

Bugungi kunda haqiqat shuki, har bir inson o'zining moliyaviy ahvolini yaxshilashga va ma'lum bir boylikka erishishga intiladi.

Daromadingizni oshirmoqchimisiz? Qanday qilib pulni oqilona sarflash va boyib ketish mumkinligi haqida foydali maslahatlar.

Bugungi kunda haqiqat shuki, har bir inson o'zining moliyaviy ahvolini yaxshilashga va ma'lum bir boylikka erishishga intiladi. Ammo har doim ham istalgan natijaga erishib bo’lmaydi, lekin moliyaviy ahvolingiz qanday bo'lishidan qat'i nazar, uni o'zgartirish uchun hech qachon kech emas.

Psixologiyaga ko'ra, agar siz boyib ketishni istasangiz, ba'zi qoidalarga amal qilishingiz kerak. Mana ulardan ba'zilari:

  1. Aniq maqsadlar qo'ying va ularni doim ko’z oldingizda saqlang. Yillik va oylik rejalarni tuzish, shuningdek, hamma rejalarni yozma ravishda yozib olish muhimdir. Maqsadlaringiz to'g'ri ekanligini tushunish uchun ular ikkita mezonga javob berishi kerak: birinchidan, ular erisha olinadigan darajada bo'lishi kerak, ikkinchidan, ularni amalga oshirish tashqi omillarga emas, balki faqat sizga bog'liq bo'lishi kerak.
  2. Bugun nima qilish kerakligini biling, bajariladigan ishlar ro'yxatini saqlang. Va iloji boricha kunlik jadvalingizga rioya qilishga harakat qiling.
  3. Doimiy rivojlaning, yangi narsalarni o'rganing. Qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilasizmi, pishiriq pishirasizmi yoki bolalarni tarbiyalaysizmi, bu muhim emas - bu har qanday kasbga tegishli. Aytishlaricha, dunyodagi eng foydali sarmoya bu o'zingizga qilingan sarmoyadir. Hech kim bir joyda qotib turmaydi, va faqat ikkita imkoniyat bor - oldinga siljish yoki orqada qolish.
  4. Imkoniyatingizdan ortiq xarajat qilmang. Budjetingizning katta qismini ortiqcha bo'lgan keraksiz oldindan rejalashtirilmagan xaridlarga sarflashingiz shart emas. Har doim pulni sarflashdan oldin o'ylab ko'ring.
  5. Pul qayerga ketayotganini kuzatib boring. Xarajatlar va daromadlarni aniq qayd etib yuring, daromadning o'sishini taxmin qiling.
  6. Moliyaviy savodxonlikni o'rganing. Moliyaviy masalalarda intizom, buxgalteriya hisobi va tashkilotchilik, maqsadlarni to'g'ri belgilash va pulga munosabat qanchalik muhimligini tushuning.
  7. Qat'iy chora ko'ring. O'zgarish qilishdan qo'rqmaslik kerak. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun siz dadillik bilan pul topish yo'llarini qidirishni boshlashingiz kerak. Ularning ko'pi bor, faqat to'g'ri variantni topishingiz kerak.
  8. Hayotingiz uchun mas'uliyatni boshqalarga yuklamang. O'z hayotingiz uchun mas'uliyatni o'z zimmangizga oling. Orzu bormi? Demak, unga erishish uchun aniq reja tuzing, aniq qadamlarni yozing va murakkab yo'lni yengib o'tishni boshlang. Muvaffaqiyatsizligingiz yoki moliyaviy nochorligingizda hech kimni ayblamang.
  9. Muammoni hal etishni oxiriga yetkazing, yarim yo’lda tashlab ketmang. Inson moliyaviy holati bilan shug'ullanishga qaror qilganda, u ko'pincha bu muammoni faqat baland ovozda aytadi - va bu erda uni bartaraf etish bo'yicha baland parvoz faoliyati tugaydi. Hayotda biror narsaga erishish uchun siz aniq maqsad qo'yishingiz kerak. Bu maqsad to’g’ri qo’yilishi kerak, erishish mumkin bo’lishi va, albatta, vaqt bilan cheklangan bo'lishi kerak. Agar siz ushbu parametrlar bo'yicha maqsad qo'ya olsangiz, unga erishishning yarim ishini qilgan bo’lasiz.
  10. Sog'ligingizga g'amxo'rlik qiling. Sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilish muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biridir. Bugun sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilib, kelajakdagi buyuk ishlarga zamin yaratishingiz mumkin.

Ushbu ko'rsatmalarga rioya qilish orqali siz farovonligingizni oshirish uchun to'g'ri yonalishda ketayotgan bo'lasiz. Muhimi, tezroq boshlash kerak. Bu ehtiyotkorlik bilan qilingan birinchi qadamlar bo'lsin, xatolar ham albatta bo’ladi, lekin faqat harakat qilmaganlar xato ham qilmaydi. Asta-sekin, bosqichma-bosqich siz pulni qanday boshqarishni o'rganasiz.

20:15 • 11 February, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish