Bizning foydalanuvchilarimiz tomonidan ko’p beriladigan savollardan biri bu “Chet elda ishlayotgan holda O’zbekiston banklaridan kredit olish mumkinmi?”.
O’zbekiston bank qonunchiligiga asosan har bir O’zbekiston fuqarosi kredit olishi mumkin. Lekin kredit olish uchun bank talablariga javob berish kerak. Bunday talablarning eng asosiysi O’zbekiston hududida rasmiy daromadga ega bo’lishdir. Ya’ni horijda mehnat faoliyatini olib borayotgan va daromad olayotgan fuqarolar O’zbekiston banklaridan kredit olishlari imkoniyati mavjud emas.
Bundan tashqari, bugungi kunda aksariyat bank kreditlari faqatgina bank ofisiga tashrif buyurish orqali rasmiylashtiriladi. Agar mijoz chet elda bo’la turib, daromadini O’zbekistondan olgan taqdirda ham, aynan shu sababli uning kredit olish imkoniyati bo’lmaydi.
Onlayn kredit olish mumkinmi?
Onlayn kreditlar haqida gapiradigan bo’lsak, ularning daromadga bo’lgan talabi ham huddi boshqa kreditlar kabidir.
Agar mijoz xizmat safari yoki shunchaki sayohat qilish uchun chet elga ketgan bo’lsa, u holda onlayn kreditlar bo’yicha hech qanday to’siq yo’q. Onlayn kreditlarga bank ilovalari orqali istalgan joydan ariza berish mumkin. Eng asosiysi identifikatsiyadan o’tish va doimiy daromadga ega bo’lish kerak.
O’zbekistondagi xorij fuqarolari uchun qanday shartlar belgilangan?
O’zbekistondagi xorij fuqarolari uchun kreditlar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda beriladi:
O’zbekiston fuqarolari chet elda kredit olishlari mumkinmi?
Chet elda yashovchi O’zbekiston fuqarolari yashayotgan davlatlari bank tizimi talablariga javob bergan holda kreditlardan va boshqa bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Bank xizmatlarining boshqa qaysi turlaridan foydalanish mumkin?
O’zbekiston fuqarolari chet elda bo’lgan vaqtlarida bank mobil ilovalari orqali onlayn ko’rsatiladigan har qanday bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Shu jumladan, omonat ochish, kartadan kartaga pul o’tkazish, kommunal xizmatlar uchun to’lovlar qilish va boshqa onlayn xizmatlardan foydalanish mumkin.