Avtokredit - bu mashina sotib olishni istagan har bir kishiga yangi yoki haydalganini xarid qilishga imkon beradigan qulay moliyaviy vositadir.
Avtokredit olish uchun ariza berishda bank ma'lum bir transport vositasini sotib olish uchun pul ajratadi. Bu holda avtomobil nafaqat kreditning maqsadi, balki kredit uchun garov vazifasini ham bajaradi. Shu sababli, ba'zi hollarda, avtomobilni dastlabki to'lovsiz ham sotib olish mumkin.
Avtokreditning asosiy jihatlari
Kreditlashning har qanday turi kabi, mablag'lardan foydalanganlik uchun bank avtokredit summasiga foizlarni qo’shadi. Kredit muddati oldindan kelishib olinadi va shartnomada ko'rsatiladi, shuningdek, kredit shartnomasiga to'lov jadvali ilova qilinadi. Sotib olingan avtomobil kredit toʻliq qaytarilgunga qadar garovga qoʻyiladi. Qarz oluvchi transportdan o'z xohishiga ko'ra foydalanadi, lekin avtomobil egasining o'zgarishi (sotish, xadya qilish, ijaraga berish va boshqalar) bilan bog'liq har qanday harakat bank bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Avtokredit olish uchun nima qilish kerak
Banklar avtokredit oluvchi shaxslarga ma'lum talablarni qo'yadi. Odatda, avtokredit 55-60 yoshgacha bo'lgan mehnatga layoqatli shaxslarga beriladi. Rasmiy ish joyi va daromadiga kelsak, O‘zbekistonda banklar mijozlar uchun qulay shartlar taklif etadi. Masalan, rasmiy ish joyi va daromadi bo'lgan qarz oluvchilar odatda joriy ish joyida kamida 3-6 oy ish tajribasiga ega bo'lishi va qarzni muntazam ravishda to'lash imkonini beradigan tasdiqlangan doimiy daromad darajasiga ega bo'lishi kerak. Shu bilan birga, rasmiy daromadi bo'lmagan shaxslar ham avtokredit olish uchun murojaat qilishlari mumkin, ammo ular uchun avtokredit olish shartlari boshqacha bo'lishi mumkin, masalan, banklar rasmiy daromadga ega bo'lgan shaxslarga qaraganda yuqoriroq boshlang’ich to'lovni talab qilishi, yuqori foiz stavkasini belgilashi yoki kredit miqdorini kamaytirishi mumkin.
Avtokredit berishda banklar garovni sug'urtalanishini talab qiladi va avtokredit olish uchun mijozlar KASKO polisini rasmiylashtiradi.
Ma'lumot uchun: KASKO - avtotransport vositalarining shikastlanishi yoki o'g'irlanishidan ixtiyoriy sug'urta turi. Bunday polis turli xil ko'ngilsiz hodisalar natijasida avtomobilga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashdan farqli o'laroq, KASKO avtoulov sug'urtasi shartnomasida avtomobil egasiga, yo'l-transport hodisasida u aybdor bo'lsa ham, to'lovlarni nazarda tutishi mumkin. Bundan tashqari, bunday sug'urta polisi yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq bo'lmagan turli xil xavf-xatarlardan ham himoya qiladi.
Sug'urta shartlari bank talablariga mos kelishi kerak, ba’zi holatlarda KASKO qiymati kredit summasiga kiritilishi ham mumkin.
Avtokredit uchun qanday hujjatlar kerak
Avtokredit uchun hujjatlar ro'yxati bank tomonidan belgilanadi. Ammo bugungi kunda O‘zbekistonda avtokredit faqat bitta shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID karta bilan berilishi mumkin. Bankning talabiga ko’ra boshqa hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
Avtokredit hisobiga qanday markadagi avtomobillarni sotib olish mumkin
Bugungi kunda O‘zbekistonda avtokredit deyarli barcha turdagi avtomobillar, jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham mavjud. Shu bilan birga, ayrim banklar dilerlik markazlari bilan birgalikda import qilinadigan avtomobillar uchun past foiz stavkalari va boshqa qulay shart-sharoitlar bilan maxsus avtokredit dasturlarini taklif qilmoqda. Bundan tashqari, ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar ko'plab banklarda ham mahalliy ham xorijiy avtomobillarni sotib olish uchun mavjud.
Avtokredit afzalliklari va kamchiliklari
Avtomobil sotib olish uchun avtokreditlardan foydalanganda, qarz oluvchi quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:
Avtokreditning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.