Аnorbank” oʼzining TRIA kartalariga ega boʼlgan mijozlari uchun yangi “Shoshilmasdan” omonatini taklif qildi.
“Аnorbank” oʼzining TRIA kartalariga ega boʼlgan mijozlari uchun yangi “Shoshilmasdan” omonatini taklif qildi. Omonatga oʼz mablagʼini qoʼyish istagida boʼlgan aholi avvalo bankka murojaat qilib, TRIA kartasini ochishi lozim. TRIA karta rasmiylashtirish va yetkazib berish Toshkent shahri aholisi uchun bepul. Kartani olgach mijoz Аnorbank mobil ilovasini yuklab olishi lozim. Shundan soʼng, kamida 1 mln. soʼm miqdoridagi summani omonatga qoʼyish mumkin boʼladi. Omonatni toʼldirish imkoniyati faqat 3 oygacha boʼlib, 3 oy muddatdan soʼng omonat toʼldirish imkoniyati mavjud emas.
Omonat shartlari quyidagicha:
1 oydan 3 oygacha yillik - 18 %
4 oydan 6 oygacha yillik – 21 %
7 oydan 9 oygacha yillik - 23 %
10 oydan 12 oygacha boʼlgan muddatga yillik - 26 foiz.
Omonatga qoʼyilgan mablagʼ boʼyicha foizlar mijozning hamyon hisobraqamiga pul oʼtkazish yoʼli bilan toʼlanadi. Shuni inobatga olish kerakki, mazkur omonat boʼyicha yillik effektiv foiz stavkasi - 22 foizni tashkil qiladi.
❗️ Saytimizning omonatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar (stavkalar jadvali) boʼlimida Siz bu turdagi omonatlarning yillik effektiv foiz stavkalarini aniq bilib olishingiz mumkin.