Top.Mail.Ru

Aholining daromad va xarajatlari hamda kreditga bo‘lgan ehtiyojlari tahlil qilindi

2021-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha Isteʼmol kayfiyati indeksi  (IKI) 24,8 bandni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich II chorak natijalariga nisbatan 1,2 bandga sekinlashgan bo‘lsada, I chorakka yaqin darajada shakllandi. Mazkur ma‘lumotlarni O‘zbekiston Markaziy banki e‘lon qildi.

Aholining daromad va xarajatlari hamda kreditga bo‘lgan ehtiyojlari tahlil qilindi

So‘rov natijalariga ko‘ra,  ishtirok etgan daromadlari 7 mln. so‘mgacha bo‘lgan respondentlar ulushi jamiga nisbatan 86 foizni etgani holda, aholining qariyb 70 foizi daromadlarining asosiy manbai oylik ish haqi, 15 foizga yaqini esa tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarga to‘g‘ri kelishini taʼkidlashgan. Xorijdan pul o‘tkazmalarni qayd etgan respondentlar ulushi esa 3,4 foizga teng, - deyiladi sharhda. 


Xususan, hududlar kesimida qaralganda Toshkent shahri (68,8 foiz), Buxoro (61 foiz), Andijon (58,7 foiz) va Toshkent viloyatlari (58,1 foiz) respondentlari javoblarida rasmiy oylik ish haqi asosiy daromad manbai ekanligi qayd etilgan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini qayd etgan respondentlarning katta qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 


Bundan tashqari, sentyabr oyida oylik ish haqilarning oshirilishi dastlab byudjet tashkilotlari hodimlarining oyligida aks etgan bo‘lsa, maʼlum davrdan so‘ng xususiy sektor xodimlarining ham daromadlari oshishiga taʼsir ko‘rsatadi, - deydi regulyator. 
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra aholi orasida kreditga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Buni esa, mikrokreditlar, mikroqarzlar, shuningdek avtokredit va ipoteka kreditlariga  bo‘lgan talabning ortib borishi bilan izohlanadi, yaʼni 60 foiz aholi kelgusi oylar davomida kredit olishga ehtiyoji mavjudligini taʼkidlagan.

 

Regulyator bildirgan sharhga ko‘ra, 2021-yilning III choragida 5-7 mln. so‘m daromadga ega aholi orasida ham kreditlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli ortgan. Xususan, yanvar-sentyabr oylarida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 1,5 baravarga oshib, mikrokreditlar, mikroqarzlar va overdraft kreditlari o‘sishi mos ravishda 2,3, 1,7 va 2,7 barobarga to‘g‘ri kelgani qayd etildi. 
Xarajatlar bo‘yicha kutilmalar o‘rganilganda, o‘tgan chorak bilan solishtirganda aholi xarajatlari o‘sishi 7,9 bandgacha pasaygan bo‘lsa-da, kelgusi oylarda 71 foiz aholi o‘z xarajatlarining ko‘payishini taʼkidlashgan.


O‘rganishlarga ko‘ra, joriy III chorakda kelgusi oylar uchun xarajatlarning o‘zgarishi  davolanish, avtomobil, uy-joy xaridi, mebellar va boshqa yirik xaridlarni rejalashtirgan aholi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 45 foiz aholi o‘z jamg‘armalari 3 oygacha yetishi mumkinligini taʼkidlagan bo‘lsa,  28 foiz aholi o‘z jamg‘armasini 1 oy muddatga yetishini qayd etgan.
 

Taʼkidlash joizki, 42 foiz aholi o‘zining jamg‘armalari mavjud emasligini taʼkidlagan bo‘lsa, 52 foizga yaqin aholi kelgusi davr uchun jamg‘armalarini ko‘payishini va bu o‘tgan chorak natijalari bilan solishtirilganda 6 foiz bandga ijobiy javoblar hissasiga yaxshilanganligini ko‘rsatadi. 
Sharhda qayd etilishicha, bugungi kunda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan jozibador omonat turlari va ulardagi yuqori daromadlilik, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish hamda omonatga yo‘naltirishni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Xususan, jismoniy shaxslar uchun o‘rtacha tortilgan omonat foiz stavkalarining yil boshida 17 foizdan sentyabr oyida 20,3 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, real daromadlik darajasi 6-8 foizni tashkil etdi. Shuningdek, aholining inflyatsion kutilmalari va sezilgan inflyatsiyasini inobatga olgan holda hisoblangan real foiz stavkalar 3-4 foizlik darajada saqlanib qolgani taʼkidlandi.
 

18:30 • 10 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish