Top.Mail.Ru

Aholini uy-joy bilan ta'minlash to'g'risida yangi farmon imzolandi

Aholini uy-joy bilan ta'minlash to'g'risida yangi farmon imzolandi.  Unga ko'ra ipoteka krediti ajratilishida bir qator o'zgartirishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Aholini uy-joy bilan ta'minlash to'g'risida yangi farmon imzolandi

Aholini uy-joy bilan ta'minlash to'g'risida yangi farmon imzolandi.  Unga ko'ra ipoteka krediti ajratilishida bir qator o'zgartirishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Asosiysi quyidagilar:

Joriy yilda ipoteka krediti bo'yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi. 

Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi. 

Uy-joyini yaxshilashga muhtoj bo'lgan past daromadga ega oilalarga boshlang'ich badalning 10% miqdorida subsidiya ajratiladi, qolgan 5%inigina kredit oluvchining o'zi to’laydi.

Kredit olgan aholi uchun foiz to'lovlarining Toshkent shahrida 12 foizidan, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya to'lanishi davom ettiriladi.

Masalan, qishloq joylardan 54 kvadrat metrli kvartirani sotib olishni istagan oila (o'rtacha 216 million so'm) 33 million boshlang'ich to'lovdan atigi 11 million so'm to'laydi, 22 million so'm byudjetdan qoplanadi, agar imtiyozli davr mobaynida oila oyiga 1,5 million so'm miqdorida kredit to'lasa, davlat qolgan 1,1 million so'mni har oy qoplaydi.

Endilikda ipoteka kreditlarini olish ko'pchilik uchun yanada osonlashadi.

14:47 • 17 March, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish