Top.Mail.Ru

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yana-da takomillashtirish maqsadida:

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarini inobatga olib, 2021 yilning 1 iyulidan boshlab:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov (keyingi o‘rinlarda – qo‘shimcha to‘lov) joriy etilsin.

Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi;

b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkazilsin;

v) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkazilsin;

g) boquvchisini yo‘qotganlik:

pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin;

pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lansin;

nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilansin;

d) bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshirilsin.

08:09 • 05 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish