Top.Mail.Ru

2021-yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha eng faol bank aniqlandi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 31 ta bankning faoliyat ko‘rsatkichi baholandi.

2021-yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha eng faol bank aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan har chorakda o‘tkaziladigan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra,  O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 31 ta bankning faoliyat ko‘rsatkichi baholandi.

Baholash ko‘rsatkichlari asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisoblangan:

✔️Moliyaviy vositachilik;
✔️Moliyaviy ommaboplik;
✔️Kapital yetarliligi;
✔️Aktivlar sifati;
✔️Boshqaruv samaradorligi;
✔️Daromad olish salohiyati;
✔️Likvidlilik.

Ko‘rsatkichning eng yuqori pog‘onalarida o‘tgan yilning II-choragidan buyon Kapitalbank birinchilikni saqlab, umumiy reytingda o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan bo‘lsa, Trastbank umumiy reytingda 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘rinni egallagan. Aloqa bank esa, davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda 3-o‘rinni saqlab qoldi.

Shuningdek, joriy yilning I-choragida Mikrokreditbank va O‘zsanoatqurilishbank umumiy reytingda eng yuqori ko‘tarilishga erishdi. Ushbu banklar o‘tgan yilning IV-choragidagi pozitsiyasidan 4 pog‘onaga yuqorilagani maʼlum qilindi.

Tijorat banklarining batafsil reyting natijalari bilan quyidagi ilovada tanishishingiz mumkin.

18:43 • 27 April, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish