Top.Mail.Ru
25 Oct 2021 |  8,429

Qaysi biri foydali: bankka omonat qo'yishmi yoki fond birjasiga sarmoya kiritish?

Har qanday investorni qiziqtrigan savol bu albatta maksimal daromad olish uchun aynan nimaga sarmoya kiritish kerakligi haqida bo'ladi.

Qaysi biri foydali: bankka omonat qo'yishmi yoki fond birjasiga sarmoya kiritish?

Biz eng keng tarqalgan turlar - bankdagi depozitlar va qimmatli qog'ozlar xususiyatlarini ko'rib chiqamiz va potentsial foydani hisoblaymiz.


Bank depozitlari


Afzalliklari:
-Bashorat qilinadigan, ishonchli va psixologik jihatdan qulay investitsiya vositasi.
-Soliqqa tortilmaydi
-Daromadlilik oldindan belgilanadi.
 

Kamchiliklar: 
-Past daromadlilik. Bank depozitlari bo'yicha stavka har doim ham inflyatsiyadan yuqori emas.
-Cheklangan likvidlik: ko'p foizli depozitlardan pulni muddatidan oldin faqatgina foizlarni yo'qotish evaziga olish mumkin.
-Foyda olish vositasi emas, balki saqlash vositasi.

Aksiya


Afzalliklari: 
-Qisqa muddatli o'zgaruvchanlik bilan birgalikda yuqori daromadlilik.
-Aksiyalardan keladigan daromad - bu ularni narxining o'sishi va dividend daromadlaridir.
-Yuqori likvidlik. Aksiyalarni sotib olish va sotish operatsiyalari bir necha soniyada amalga oshadi.
-Moslashuvchanlik. Tanlangan strategiyaga qarab, siz portfelingizni qimmatli qog'ozlar bilan to'ldirasiz, xavf va rentabellikni muvozanatlashtirasiz.
-Kichik miqdordagi kapitalni ham investitsiya qilish mumkin.

Kamchiliklari: 
-Xatarlar yuqoridagi vositaga qaraganda yuqori. Ularni boshqarish kerak. Buning uchun siz tayyor strategiyani va qulay xavf darajasini tanlashingiz mumkin.
-Daromadlilik kafolatlanmaydi.

Misol tariqasida O‘zbekiston fond bozoridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan, yuqori likvidlik va yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan O‘zbekistonning 11 ta yirik kompaniyasidan iborat KD indeksini oldik. Siz investitsiya portfelingizni ushbu indeksga bog'lash orqali sarmoya kiritishingiz mumkin.

Qiyosiy tahlil shuni ko'rsatadiki, uzoq muddatli istiqbolda aksiyalar bo'yicha daromad omonatlarga qaraganda yuqori.

Muzaffar Roziqov KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Muzaffar Roziqov

KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish