Top.Mail.Ru
03 Feb 2021 |  12,044

Krediti bor jismoniy shaxslarga qo’shimcha kredit ajratiladimi?

Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori Jo'rabek O'roqov foydalanuvchilarimiz tomonidan ko'p beriladigan "Krediti bor jismoniy shaxslarga qo’shimcha kredit ajratiladimi?" degan savolga javob beradi.

Krediti bor jismoniy shaxslarga qo’shimcha kredit ajratiladimi?

Ha, agar mijozning kredit tarixi ijobiy va qarz yuki ko'rsatkichi belgilangan me’yor doirasida bo’lsa qo’shimcha kredit ajratiladi. 
Mijozning kredit tarixi quyidagi 3ta xolat yuzaga kelgan taqdirda salbiy hisoblanadi: 
• Kredit to’lovlari ketma-ket 3 oy kechiktirilib to’lansa; 
• Muddati o’tgan qarzdorlikni so’ndirish masalasi bank tomonidan sudga oshirilsa;
• Muddati o’tgan qarzdorlik bank zarari hisobidan qoplansa.
Qarz yuki ko'rsatkichi deganda qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari bo'yicha o'rtacha oylik to'lovlari miqdorining uning o'rtacha oylik daromadi miqdoriga bo'lgan nisbati tushuniladi.

Qarz yuki ko'rsatkichi ipoteka kreditlari (5886-sonli PF) bo’yicha 70 foizdan, mikroqarzlar, avtokreditlar va boshqa kreditlar turlari bo’yicha 50 foizdan oshmasligi zarur.

Misol uchun, mijozning oylik daromadi 4 mln. so’mga teng. Mijoz amaldagi mavjud krediti bo’yicha oyiga 1 mln. so’m to’laydi . Demak, mijozning qarz yuki ko'rsatkichi 25%ni tashkil qiladi. Bu degani mijoz kredit tarixi ijobiy bo’lgan taqdirda belgilangan qarz yuki ko'rsatkichi me'yorlari doirasida qo'shimcha kredit olishi mumkin.

O'roqov Jo'rabek Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori

O'roqov Jo'rabek

Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori

Savol berish

 Teglar

Kreditlar

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish