Top.Mail.Ru

Obligatsiyalar

С помощью Depozit.uz вы сможете подобрать, заказать и открыть самые лучшие банковские карты, дебетовые карты, карты Visa, MasterCard, UnionPay, MIR, Humo, Uzcard в Ташкенте и в Узбекистане онлайн.

Подобрано 10 облигаций
Сортировать:
Kompaniya nomi Foiz stavkasi Obligatsiya narxi Nominal So‘ndirish sanasi
Company
Uzbek Leasing International AO
20 % 10,098,361 so'm 10,000,000 so'm 03.03.2023
Company
Kapitalbank ATB
19 % 1,000,000 so'm 1,000,000 so'm 21.05.2027
Company
Uzbek Leasing International AO
19 % 10,399,727 so'm 10,000,000 so'm 04.03.2022
Company
Asia Alliance Bank ATB
18 % 1,000,000 so'm 1,000,000 so'm 15.07.2026
Company
Uzbek Leasing International AO
18 % 10,339,344 so'm 10,000,000 so'm 05.03.2021
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
16 % 1,000,000 so'm 1,000,000 so'm 03.12.2022
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
2 % 100,000 so'm 100,000 so'm 15.08.2022
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
2 % 100,000 so'm 100,000 so'm 04.01.2021
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
0 % 100,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
HAMKOR INVEST LIZING MChJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
0 % 103,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
Hamkorbank ATB
0 % 830,754 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
0 % 900,037 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
0 % 1,019,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
0 % 100,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
0 % 100,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
0 % 100,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
CHUST RIR MIKROKREDIT TASHKILOT MChJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
Ozagrolizing AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
Ozmetkombinat AJ
0 % 5,189,969 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
Kapitalbank ATB
0 % 10,422,352 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
0 % 1,000,000 so'm 0 so'm 01.01.2024
Company
Uzbek Leasing International AO
Foiz stavkasi
20 %
Obligatsiya narxi
10,098,361 so'm
Nominal
10,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
03.03.2023
Company
Kapitalbank ATB
Foiz stavkasi
19 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
1,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
21.05.2027
Company
Uzbek Leasing International AO
Foiz stavkasi
19 %
Obligatsiya narxi
10,399,727 so'm
Nominal
10,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
04.03.2022
Company
Asia Alliance Bank ATB
Foiz stavkasi
18 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
1,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
15.07.2026
Company
Uzbek Leasing International AO
Foiz stavkasi
18 %
Obligatsiya narxi
10,339,344 so'm
Nominal
10,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
05.03.2021
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
Foiz stavkasi
16 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
1,000,000 so'm
So‘ndirish sanasi
03.12.2022
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
Foiz stavkasi
2 %
Obligatsiya narxi
100,000 so'm
Nominal
100,000 so'm
So‘ndirish sanasi
15.08.2022
Company
Ozsanoatqurilishbank ATB
Foiz stavkasi
2 %
Obligatsiya narxi
100,000 so'm
Nominal
100,000 so'm
So‘ndirish sanasi
04.01.2021
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
100,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
OzIQMK AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
HAMKOR INVEST LIZING MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
103,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
Hamkorbank ATB
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
830,754 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
900,037 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,019,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
100,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
100,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
ARTEL ELECTRONICS MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
100,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
CHUST RIR MIKROKREDIT TASHKILOT MChJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
Ozagrolizing AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
Ozmetkombinat AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
5,189,969 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
Kapitalbank ATB
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
10,422,352 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024
Company
IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti AJ
Foiz stavkasi
0 %
Obligatsiya narxi
1,000,000 so'm
Nominal
0 so'm
So‘ndirish sanasi
01.01.2024

Nimalarni bilish muhim

O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish: xususiyatlari va afzalliklari

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish har yili tobora ommalashib bormoqda. Tadbirkorlar va jismoniy shaxslar mahalliy va xorijiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish orqali o‘zlariga qo‘shimcha daromadni ta’minlamoqdalar.

Qimmatli qog’ozlarga investitsiya bu passiv daromad bo'lib, investordan qo'shimcha harakatlarni talab qilmaydi. Aksiyalarning yirik paketini sotib olganda esa jismoniy shaxs jamiyat faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin va aksiyadorlar kengashida ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Aksiyalar sonining ko'payishi bilan bir vaqtda investorning daromadi ham ortadi.

Biroq aslida ham bu shunchalik qulay vositami? Aksiyalarni sotib olayotganda qanday muammolarga duch kelish mumkin?

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning afzalliklari

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Har kim aksiyalarni sotib olishi mumkin. Buning uchun millionlarga ega bo'lish yoki tadbirkor bo'lish shart emas.
  • Oz miqdorda aksiyalarni sotib olishni boshlash mumkin. Aksariyat hollarda aksiya sotib olish uchun 100 dollar kifoya. Xorijiy platformalarda savdo qilish uchun esa kamida 1000 dollar kerak bo'ladi, ba'zi hollarda esa ko'proq.
  • Yirik kompaniyalarning aksiyalari yaxshi likvidlikka ega. Ular odamni yaxshi passiv daromad bilan ta'minlashi mumkin. Agar kerak bo'lsa, bunday qimmatli qog'ozlar tezda sotiladi. Faqatgina sotib olish va keyinchalik sotish orqali ham yaxshigina daromad olish mumkin. Bu nafaqat chet el kompaniyalarga, balki mahalliy kompaniyalarga ham tegishli.
  • Qimmatli qog'ozlarni uydan chiqmasdan turib sotib olish va sotish mumkin. Buning uchun faqat maxsus platformada ro'yxatdan o'tish va Internetga ega bo’lish kerak. Barcha jarayonlar kompyuter va dasturiy ta'minot yordamida amalga oshiriladi.
  • Broker orqali ishlash uchun xaridor tegishli ta’lim olishi yoki yuzlab kitob va boshqa materiallarni o‘rganishi shart emas. Broker barcha masalalarni o’zi hal qiladi.
  • Yosh istiqbolli loyihalarga sarmoya kiritishda investitsiya daromadi yuzlab, baʼzan minglab foizlarni tashkil qilishi mumkin. Buning yorqin misoli - Facebook ijtimoiy tarmog'i, uning aksiyalari qiymati bir necha yil ichida minglab marta oshdi. Natijada investorlar ko'p million dollarlik foyda oldi.
  • Aksiyador turli yo'llar bilan aksiyalardan daromad olishi mumkin. Masalan, chet elda passiv investitsiya mashhurlikka ega, bunda aksiya sotib olgan shaxs har yili qimmatli qog'ozlardan dividendlar oladi. Agar yetarli bilim bo'lsa esa, aksiyalar qiymati pasayganda ularni sotib olish va ko'tarilganda sotish orqali  mumkin aksiyalar savdosi bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish mumkin.
  • Yirik aksiyalar paketini sotib olish orqali kompaniyada ulushga ega bo’lish mumkin. Bunda investor ovoz berish huquqiga va kompaniyaning boshqaruv jamoasini tayinlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi, hamda boshqa muhim qarorlar qabul qilishi mumkin bo’ladi.

 

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish valyuta yoki qimmatbaho metallarni sotib olishdan ko'ra risklilik darajasi pastroqdir. Qimmatli qog'ozlarni bir necha daqiqada sotish mumkin.

Qimmatli qog'ozlarni sotishda “kredit yelkasi” yo'q yoki minimaldir. Ya'ni, sotishda pul yo'qotish xavfi juda past. Albatta, agar bozorda ma'lum bir kompaniya aksiyalari qiymatining keskin pasayishi kuzatilmasa.

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning kamchiliklari

Boshqa har qanday investitsiya usuli singari, aksiyalarga investitsiya qilish ham o'zining kamchiliklariga ega:

  • Qimmatli qog'ozlarni sotib olayotganda kompaniyaning bankrot bo'lish xavfi doimo mavjud. Bunday holda, investor barcha pullarini yo'qotadi. Biroq, agar fond bozorini va korxona ichidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borilsa, xavf minimallashtiriladi. Bunday holda, qimmatli qog'ozlardan tezda xalos bo'lish va ma'lum miqdorni qaytarish mumkin.
  • Aksariyat hollarda aksiyalarni ushlab bo'lmaydi. Ular elektron shaklda sotib olinadi va sotiladi. Agar kerak bo'lsa, ularni qog'oz shaklida buyurtma qilish mumkin. Biroq, bu qo'shimcha vaqt talab etadi va unchalik muhim emas.
  • Kompaniya muntazam ravishda aksiyalarni chiqarishi mumkin. Bunday holda, ularning qiymati sezilarli darajada pasayadi.
  • Sanktsiyalar qo'llanilganda yoki inqiroz yuzaga kelganda, aksiyalarning qiymati sezilarli darajada pasayadi. Oldingi pozitsiyalarni tiklash uchun yillar kerak bo'lishi mumkin.
  • Ayrim korxonalarga nisbatan sanksiyalarning joriy etilishi qimmatli qog'ozlar savdosiga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Bunday holda, dunyoning yetakchi birjalari aksiyalarni savdoga qo'yishdan bosh tortadi. Ya'ni, egasi ulardan xalos bo'lolmaydi.
  • Narxga siyosiy vaziyat ham ta'sir qilishi mumkin. Bunday holda, natijani bashorat qilish juda qiyin va ba'zan hatto imkonsizdir. Vaziyat bir necha daqiqada o'zgarishi mumkin. Bu vaqt ichida siz o'z aksiyalaringiz portfelidan xalos bo'lishingiz dargumon.
  • Faqat bitta kompaniyaning aksiyalariga pul investitsiya qilganda, barcha mablag'larni yo'qotish xavfi mavjud. Mutaxassislar turli kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishni tavsiya qiladilar. Shu tarzda xavflar diversifikatsiya qilinadi. Barcha firmalarning birdaniga bankrot bo'lish ehtimoli nolga teng.
  • Broker orqali ishlayotganda, mablag'larning bir qismi unga haq to'lash uchun sarflanishini bilish muhimdir. Bunday holda, barchasi uning ishtahasiga bog'liq. Shuningdek, siz ixtisoslashgan kompaniyaning qimmatli qog'ozlarni saqlash xizmati uchun to'lashingiz kerak bo'ladi.
  • Minimal miqdordagi aksiyalarni sotib olayotganda investor kompaniya faoliyatiga ta'sir o'tkaza olmaydi. Bu faqat yirik aksiyadorlar uchun imtiyozdir.
  • Daromadingizni oshirish va fond bozorida mustaqil savdo qilish uchun siz maxsus bilimga ega bo'lishingiz va tezda qaror qabul qila olishingiz kerak. Bunday iste’dod hammaga ham berilmaydi. Ko'p odamlar vahimaga berilib, qimmatli qog'ozlarni ushlab turish foydaliroq bo’lgan paytda ularni sotib yuboradilar va pullarini yo'qotadi.

 

Aksiyalarga sarmoya kiritish butun dunyoda keng tarqalgan istiqbolli yo'nalishdir. Asosiysi, aql bilan ish qilish kerak va faqatgina brokerning instinktlariga tayanib qolmaslikdir, chunki u o'z pulini xavf ostiga qo'ymaydi.

Qimmatli qog'ozlarning asosiy turlari – aksiya va obligatsiyalar

Qimmatli qog'ozlar bozoriga sarmoya kiritishni boshlash uchun birinchi navbatda qimmatli qog'ozlar nima ekanligini, ularning turlari va qanday daromad keltirishi mumkinligini tushunish kerak.

Qimmatli qog'oz nima

Birinchi navbatda, bu mulkiy majburiyatlarni bajarish huquqi – kompaniya foydasining bir qismini olish, qarzga olingan pulni qaytarish va hk. Bundan tashqari, kompaniya faoliyatida - masalan, aksiyadorlar yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lish ham mumkin. Qimmatli qog'ozni taqdim etish orqali aksiya egasi o'z huquqlarini amalga oshirishi mumkin (masalan, dividendlar olish, yig'ilishda ovoz berish) yoki ularni sotish orqali boshqa shaxsga o'tkazishi mumkin.

Qimmatli qog'ozlarning turlari

Qimmatli qog'ozlar bir necha mezonlarga ko'ra tasniflanadi. Eng asosiysi bu quyidagi bo'linishdir:

Ulushli qimmatli qog'ozlar. Bularga oddiy yoki imtiyozli aksiyalar kiradi. Ulushli qimmatli qog'ozlar kompaniya va uning dividendlar ko'rinishidagi foydasidagi ulushga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bunday qimmatli qog'ozlar kompaniyani boshqarishda ovoz berish huquqini beradi, ammo bu huquq ulushning hajmiga bog’liq bo’ladi. Ya'ni, ulush qanchalik katta bo'lsa, aksiya egasining ta’siri shunchalik kuchli bo'ladi. Qimmatli qog'ozlarning nazorat paketi degan tushuncha mavjud, ya'ni kompaniyaga oid asosiy qarorlarni qabul qilish uchun yetarli miqdordagi aksiyalar;

Qarz qimmatli qog'ozlari - obligatsiyalar. Ular egasining qarzni ma'lum muddatdan keyin talab qilish va unga foizlar to'lanishi huquqini tasdiqlaydi. Darhaqiqat, qarz qimmatli qog'ozini sotib olib, egasi o'z mablag'larini kompaniyaga qarzga beradi va kompaniya o'z navbatida bu pulni qaytarib berish va muntazam ravishda foizlarni (kuponlar yoki diskont) to'lash majburiyatini oladi.

Qanday qilib qimmatli qog'ozdan daromad olish mumkin

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish orqali investor o'z investitsiyasidan foyda olishni kutadi. Qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromad ikki xil bo'lishi mumkin:

  • aktivning o'zi olib keladigan daromad. Bu aksiyalardan olinadigan dividendlar, obligatsiyalardan esa kuponlar bo'lishi mumkin;
  • spekulyativ, ya'ni qimmatli qog'ozni sotib olish va sotish narxi o'rtasidagi farq tufayli olingan daromad.

 

Hisoblangan daromadlarning asosiy turlari bu dividendlar va kuponlardir. Dividendlar - bu kompaniya foydasining bir qismini aksiyadorlarga to'lash. Dividendlarni to'lash davriyligi va hajmi bir qator omillarga, shu jumladan kompaniyaning muvaffaqiyatiga bog'liq. Shuning uchun, aksiyalarni sotib olayotganda, obligatsiyalar kuponlaridan farqli o'laroq, ushbu daromad manbai kafolatlanmaganligini bilish kerak. Obligatsiyadan olingan daromad obligatsiya muddati tugagunga qadar kompaniya sizga to'lashni kafolatlaydigan kredit bo'yicha foizlar kabidir.

Spekulyativ daromad bozorda oldindan aytib bo'lmaydigan daromad hisoblanadi. Qiymati oshishi mumkin bo'lgan istiqbolli qimmatli qog'ozlarni aniqlashning bir necha yo'li mavjud. Spekulyativ investitsiya strategiyasiga amal qilgan investorlar aksiyalarni arzon narxda sotib olishga va maksimal farq bilan ular o'z narxining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanda sotishga harakat qiladilar. Biroq, bozorda aksiyalar qiymatining oshishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Aksiyalar obligatsiyalardan qanday farq qiladi: taqqoslash jadvali

Xarakteristika/Parametrlar Aksiya Obligatsiya
Qimmatli qog’oz turi Ulushli Qarz
Emitent "Aktsiyadorlik jamiyati" tashkiliy shakliga ega bo'lgan kompaniyalar Davlat, munitsipalitetlar, har qanday boshqaruv shakliga ega kompaniyalar
Foyda olish shartlari Kafolatlanmagan,  belgilanmagan Kafolatlangan, belgilangan miqdorga ega bo'lishi mumkin
Potentsial foyda Baland Past
Egalik qilish muddati Cheklanmagan Muddati bor
Risk darajasi Balandroq Pastroq
Huquqlar va vakolatlar Qimmatli qog'ozlar egasi jamiyat biznesida ishtirok etishi mumkin va uning mulkiga ega bo'lish huquqiga ega Mulk va boshqaruvda ishtirok etish huquqi yo'q

 

Investitsiya qilish uchun qaysi biri yaxshiroq: aksiyalar yoki obligatsiyalar

Bu savolga aniq va oddiy javob yo'q. Umuman olganda, barchasi ikkita omilga bog'liq:

  1. kutilayotgan foyda,
  2. qabul qilinadigan risk darajasi.

Bu yerda yana bitta parametrni qo'shish mumkin: investor bitimlarni amalga oshirish uchun sarflashga tayyor bo'lgan vaqt. Agar investor uchun kafolatlangan doimiy passiv daromad olish muhim bo'lsa, u belgilangan kupon to'lovlari bilan yuqori likvidli obligatsiyalarni afzal ko'rishi mumkin. Bunday qimmatli qog'ozlar bo'yicha foyda davlat yoki yirik korporatsiyalar tomonidan kafolatlanadi.

Biroq, yuqori ishonchlilik va jarayonda minimal ishtirok etish evaziga investor nisbatan past daromad oladi, kamdan-kam hollarda yiliga 10-12% dan oshadi.

Kapitalni investitsiya qilishning xavfli usullariga moyil bo'lganlar uchun aksiyalar ko'proq mos keladi. Xatarlar ancha yuqori, ammo daromadlarni obligatsiyalar bilan taqqoslab ham bo'lmaydi. Shuning uchun barcha investitsiya qarorlari diqqat bilan tahlil qilinishi kerak. Bu jarayon sezilarli darajada vaqtni sarflashni talab qiladi, investorning qimmatli qog'ozlar bozori tamoyillari bo'yicha bilimga ega bo'lishi kerakligi haqida esa gapirmasa ham bo’ladi.

Oddiy qilib aytganda, aksiyalar va obligatsiyalarga investitsiya strategiyalarining asosiy farqi shundaki, aksiyalar katta tavakkalchilik bilan yuqori daromad olishga qaratilgan, obligatsiyalar esa xavfsizroq va oldindan prognoz qilinadigan, biroq kamroq miqdorda daromad olishga qaratilgan.

Aksiyalarga investitsiya qilish strategiyasi birinchi navbatda qabul qilingan tavakkalchilikni hisobga olgan holda mumkin bo'lgan maksimal foyda olishga qaratilgan bo'lsa, obligatsiyalar egalari esa past darajadagi xavf, davlat kafolatlari, emitentning ishonchliligi va boshqalar evaziga ancha kamroq daromad olishni afzal ko'radilar.

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish orqali qancha daromad olish mumkin?

Qo'shimcha daromad izlab, ko'plab tashabbuskor va moliyaviy savodli odamlar qimmatli qog'ozlar savdosiga murojaat qilishadi. Bunday operatsiyalardan haqiqatan ham qancha pul ishlashingiz mumkin va investitsiya qilingan mablag'larni yo'qotish xavfi qanchalik katta?

Qimmatli qog'ozlar bozorlaridagi barcha operatsiyalarning asosiy maqsadi aktivlarni qayta sotishda sotib olish va sotish narxlari o'rtasida qoladigan maksimal foydaga ega bo’lishdir.

Ma'lumki, qimmatli qog'ozlarga investitsiyalardan olinadigan daromad birinchi navbatda qimmatli qog'ozlar turiga bog'liq. Shunday qilib, aksiyalardan daromad aksiyalarni bugun bir narxda sotib olish va ma’lum vaqtdan keyin boshqa narxda sotish orqali shakllanadi. Shuningdek, aksiyalardan olingan daromad dividendlar shaklida ham bo’lishi mumkin, ammo barcha kompaniyalar ham dividend to'lamaydi. Obligatsiyalar bo'yicha daromad esa pulingizni kompaniya yoki davlatga qo'shimcha to'lov bilan qaytarish evaziga qarzga berish orqali hosil bo'ladi.

Bugun biz bir nechta kompaniyalar misolida aksiya va obligatsiyalar savdosi orqali qancha va qanday qilib daromad olish mumkinligi haqida gapirib beramiz.

Aksiyalardan boshlaymiz. Aksiyalarni sotib olish uchun boshlang'ich kapital sifatida biz 10 million so'mni olamiz.

1. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati.

  • Aksiyaning o’tgan yildagi narxi: har bir aksiya uchun 25 000 so‘m.
  • Hozirgi narxi: 35 000 so'm.
  • Dinamika: 40%
  • Dividend: 0%

O’tgan yilda 10 million so‘mga 400 ta donaga yaqin qimmatli qog‘oz sotib olish mumkin edi. Bugungi kunga kelib portfel narxi 14,0 million so'mgacha oshgan bo'lardi, ya'ni bugun aksiyalarni sotish orqali 4,0 million so'm daromad olish mumkin edi. Kompaniya dividendlar to'lamaganligi sababli, yakuniy daromad 4,0 million so'mni tashkil qiladi.

2. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

  • Aksiyaning o’tgan yildagi narxi: har bir aksiya uchun 650 so‘m.
  • Hozir narxi: 720 so'm.
  • Dinamika: 10,8%.
  • Dividend: 12%.

Odatda arzon aksiyalarni faqat lotlarda sotib olish mumkin. Masalan, bitta lot 100 ta aksiyaga teng. Shu bois 10 million so‘mga o’tgan yilda 154 ga yaqin lot yoki 15,4 ming dona aksiya sotib olish mumkin edi. Bir yil Ichida aksiyalar 10,8 foizga o'sdi va endi ularning portfeldagi qiymati 11,08 million so'mni tashkil qiladi. Daromad – 1,08 mln. so‘m. Shuningdek, dividend hisobiga 12% qo‘shimcha daromad ham bo‘ladi.

Endi Kapitalbank misolida obligatsiyalar bo'yicha daromadni hisoblash misolini ko'rib chiqamiz. Obligatsiyaning nominal qiymati 1 million so'm bo'lib, bozorda ham 1,0 million so'mga sotilmoqda. Yillik stavka 19% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, bir obligatsiyadan yil davomida olinadigan foyda 190 ming so‘mni tashkil etadi. Biroq, bu barqaror kompaniyaning eng oddiy obligatsiyasidir. Daromadni aniqlashning boshqa usullari obligatsiyalar turiga, ularning nominal va bozor narxlariga va boshqa bir qator omillarga bog'liq bo’ladi.

Biz qimmatli qog’ozlar qiymati o'sishining ijobiy dinamikasiga ega bo'lgan kompaniyalarni misol sifatida keltirdik. Lekin hamma biladi, qimmatli qog'ozlar bozori bu nafaqat foyda. Har qanday vaqtda, hatto eng istiqbolli kompaniya ham qadrsizlanishi mumkin. Shuningdek, e'tiborga olish juda muhim bo'lgan bir qator omillar ham mavjud, masalan, depozitariy xizmatlari uchun to'lovlar, brokerga komissiya, foyda solig’i, bundan tashqari, siz qimmatli qog’ozlarni sotishingiz kerak bo'lganda, xaridor topilmaslik xavfi bo’lishi mumkin va natijada sarmoya zarar bilan yakunlanishi ham mumkin.

Shunday qilib, qimmatli qog'ozlar bozorida savdo qilish uchun siz asosiy qoidalarni bilishingiz va har qanday sharoit va bozor o'zgarishlariga tayyor bo'lishingiz kerak.

Investitsiya qilish uchun qimmatli qog'ozlarni qanday tanlash kerak?

Tajribasiz investor uchun qimmatli qog'ozlarni o'ylamasdan sotib olish jiddiy xató olib kelishi mumkin. Muayyan kompaniyaning aktivlariga sarmoya kiritishdan oldin uning faoliyatini tahlil qilish tavsiya etiladi. Keling, aksiyalarni tanlashda nimaga e'tibor berish kerakligini aniqlaylik.

Tajribasiz investor talab yuqori bo'lgan mahalliy aksiyalardan boshlashi kerak. Asosiy mezonlarni ko'rib chiqamiz va yangi investor portfeli uchun bir nechta zarur nuqtalarni belgilaymiz.

Hammaga tanish va ma'lum aksiyalarni sotib oling

Investitsiyalarni boshlashning eng qulay usuli – tanish kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishdir. Bu universal maslahatdir, hatto Uorren Baffet kabi mashhur investorlar ham bunga amal qilishadi. Muvaffaqiyatli investor sifatida ilg'or bilimga ega bo'lib ham, u "o'zi tushunmaydigan biznesni sotib olmasligini" tan oladi.

O'zbekistonning barcha davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini yangi investorlar sotib olishlari mumkin, garchi ularning aksariyati taniqli bo'lmasa-da. Butun bozorni (100 dan ortiq kompaniyalar) o'rganishga vaqtni behuda sarflamaslik uchun e'tiborni taqdimot qilishga muhtoj bo'lmagan taniqli brendlarga qaratish osonroq. Masalan, banklar. Ularning aksariyati aksiyadorlik jamiyatlari bo'lib, ularning aksiyalarini sotib olish mumkin.

Soha yetakchilarlarini tanlang

Kompaniyalarning moliyaviy holati doimo o'zgarib turadi, lekin bir narsa o'zgarishsiz qolmoqda: bozorning qolgan qismini boshqaradiganlar ham, ularga ergashganlari ham bor. Har bir sohada boshqalardan ko'ra ko'proq daromad oladigan va doimiy ravishda sotishning yuqori ulushini saqlaydigan kompaniyalar mavjud.

Agar siz eng yirigini tanlasangiz, xato qilish xavfi minimal bo'ladi: bozor allaqachon bu kompaniyalarni qiymat jihatidan yetakchiga aylantirgan, chunki ular boshqalarga qaraganda tez-tez yuqori natijalarni ko'rsatadi. Xuddi shu mantiqqa ko'ra, butun dunyo bo'ylab milliarderlar o'z kapitallarining asosiy qismini eng yirik kompaniyalar aksiyalarida ushlab turishadi.

Boshqalar nima qilayotganini bilib oling

Asosiy tendentsiyalar va trendlarni aniqlang, boshqa yangi investorlar nimani sotib olayotganini bilib oling. Boshqa investorlarning fikrini, masalan, “Toshkent” Respublika fond birjasining hisobotlari orqali bilib olish mumkin. Masalan, 2023-yil noyabr oyi hisobotiga koʻra, eng koʻp bitimlar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyalari bilan tuzilgan, “Hamkorbank” ATB, “Ipoteka-bank OTP group” ATB ham yetakchilik qilgan.

Kam risk bilan investitsiya qiling

Har bir inson xato qiladi, shu jumladan eng uzoqni ko'ra oladigan investorlar ham. Birinchi xatolaringiz katta yo'qotishlarga olib kelmasligi uchun, past volatillik bilan eng barqaror aksiyalarga investitsiya qilishdan boshlashingiz kerak. Ular umumiy bozorga qaraganda kamroq pasayishlarni ko'rsatadi.

Bundan tashqari, o'zingiz uchun qaysi daromad muhimroq ekanligini aniqlash muhim - dividend yoki spekulyativ, shuningdek, mos keladigan aksiyalar turini tanlash zarur - oddiy yoki imtiyozli. Investitsion portfelingizni diversifikatsiya qilish ham juda muhimdir. Barqaror portfelni shakllantirish uchun siz turli soha va davlatlardan qimmatli qog'ozlarni sotib olishingiz kerak. To'g'ri diversifikatsiya qilish, agar tarmoqlardan birida yoki kompaniyalardan birida muammolar yuzaga kelsa, butun portfel qisqarishi xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Va, albatta, biz sizga qimmatli qog'ozlar bozori yangiliklarini kuzatib borishingizni maslahat beramiz. Yangiliklar qimmatli qog'ozlar narxiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Shunday qilib, 

  • Siz o'zingizning birinchi aksiyalaringizni har doim va har qanday bozorda dolzarb bo'lgan oddiy mezonlar asosida tanlashingiz mumkin.
  • Tajribasiz investor uchun kompaniya tanish bo‘lishi, uning biznesi o‘z sohasi yetakchi bo‘lishi, aksiyalari esa likvid bo‘lishi muhim.
  • Xatarlarni kamaytirish uchun turli sohalardan to'liq portfelga ega bo'lish va xarajatlarni kamaytirish uchun past komissiyalar bilan ishonchli brokerni tanlash foydalidir.
  • Trendlar jismoniy shaxslar tomonidan belgilanishi mumkin, shuning uchun boshqa investorlarning fikrlarini hisobga olish foydalidir.

Qimmatli qog'ozlarni sotib olish bo'yicha qisqacha yo'riqnoma

Ko'pchilik qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish mavzusiga qiziqadi, lekin hamma ham ular bilan qanday qilib savdo va pul ishlashni bilmaydi.

Bugun biz sizga buni tushunishga yordam beramiz va O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar savdosining bir qancha usullarini keltirib o’tamiz.

Siz aksiyalarni quyidagi yo'llar bilan sotib olishingiz mumkin:

1. O‘zbekiston rasmiy birjasi – Toshkent fond birjasi orqali.

“Toshkent” fond birjasi Oʻzbekistondagi asosiy fond birjasidir. U 1994-yilda tashkil etilgan va o‘sha vaqtdan beri investitsiya jalb qilmoqchi yoki turli aktivlarga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlar va kompaniyalar uchun muhim moliyaviy vositaga aylangan.

O‘zbekistondagi “Toshkent” birjasida aksiyalarni sotib olish uchun siz quyidagi asosiy bosqichlarni bajarishingiz kerak bo‘ladi:

  • Broker tanlash. Avvalo, Toshkent fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan va akkreditatsiyadan o‘tgan ishonchli brokerni tanlashingiz kerak. Broker bozorda vositachi sifatida ishlaydi va savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yordam beradi.
  • Investitsion hisobraqam ochish. Buning uchun siz tanlagan brokeringizga murojaat qilishingiz va investitsiya hisobini ochishingiz kerak. Buning uchun siz ba'zi hujjatlarni taqdim etishingiz va arizani to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
  • Hisobni to'ldirish. Investitsion hisobni ochganingizdan so'ng, siz sotib olish uchun zarur bo'lgan mablag'larni kiritishingiz kerak.
  • Birja tadqiqoti. Ushbu bosqichda moliyaviy hisobotlarni, o'sish istiqbollarini, reytinglarni va aksiya bahosiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan boshqa omillarni o'rganish kerak.
  • Aksiyalarni sotib olish. Tegishli aksiyalarni tanlagandan so'ng, siz broker bilan bog'lanishingiz va aksiyalarni sotib olish uchun buyurtma berishingiz kerak. Bozor sharoitiga va aksiyalarning mavjudligiga qarab, buyurtma darhol yoki keyingi savdo kunida bajarilishi mumkin.
  • Aksiyalarni sotish. Agar siz aksiyalarni sotishga qaror qilsangiz, yana brokeringizga murojaat qilishingiz va sotish buyrug'ini berishingiz kerak bo'ladi. Buyurtma joriy bozor holati va birja qoidalariga qarab bajarilishi mumkin.

 

2. Brokerlar orqali xarid qilish.

Broker - bu investorlar va qimmatli qog'ozlar bozori yoki boshqa moliyaviy vositalar o'rtasida vositachi bo'lib ishlaydigan shaxs yoki kompaniya. Brokerning asosiy vazifasi o'z mijozlari nomidan savdolar amalga oshirilishini ta'minlash va ularga turli bozorlar va aktivlarga kirishni ta'minlashdir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab brokerlik kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida RoboForex, Exness, InstaForex, Forex Club, Alpari, Freedom Finance va boshqalar bor.

Brokerlar o'z mijozlariga savdo va investitsiya xizmatlarini, shuningdek, moliyaviy maslahatlarni taqdim etadilar. Ular mijozlarga investitsiya maqsadlari va afzalliklariga ko'ra aksiyalarni, obligatsiyalarni, valyutalarni, tovarlarni, kriptovalyutalarni va boshqa moliyaviy vositalarni sotib olish va sotishda yordam beradi.

Brokerlar mijozlarning xavfsizligi ta'minlash va manfaatlarini himoya qilish uchun moliyaviy regulyatorlar tomonidan litsenziyalangan bo’lishi va tartibga solinishi kerak. Brokerlar o'z xizmatlari uchun komissiyalar yoki boshqa kompensatsiyalar oladilar va ba'zi brokerlar mijozlarga qulaylik yaratish uchun o'zlarining savdo maydonchalarini ham taqdim etishlari mumkin.

Broker orqali aktsiyalarni qanday sotib olish mumkin?

Broker orqali aktsiyalarni sotib olish juda oddiy. Siz brokerning veb-saytida ro'yxatdan o'tishingiz, shaxsingizni tasdiqlashingiz va hisobingizni to'ldirishingiz kerak. Yoki ular bilan telefon yoki elektron pochta orqali bog'lanish va ularning tavsiyalari bo'yicha ish olib borish kerak.

Brokerlar odatda bozor va qimmatli qog'ozlar haqida professional maslahat va ekspert xulosalarini taqdim etadilar. Ular fundamental va texnik tahlillarga asoslangan tavsiyalarni taklif qilishlari mumkin, bu sizga qimmatli qog'ozlarni sotib olish to'g'risida to’g’ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

Brokerlar bir hisob orqali bir nechta bozor va aksiyalarga kirish imkonini beruvchi qulay savdo va investitsiya platformalarini taqdim etadi.

O'zbekistonda aksiyalarni sotib olish: huquqiy asos

O‘zbekistonda aksiyalarga investitsiyalar qilish mamlakat qonunlari bilan tartibga solinadi. Mamlakatda aksiyalarni sotib olayotganda e'tiborga olish kerak bo'lgan ba'zi qonuniy asoslar:

“Investitsiyalar toʻgʻrisida”gi qonun. Ushbu qonun Oʻzbekistonda investitsiya faoliyati asoslarini belgilaydi hamda investorlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Qonun, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish va barcha investorlar, shu jumladan chet elliklar uchun teng huquqlarni ta'minlash choralarini belgilaydi.

"Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi qonun. Ushbu qonun qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyatni, shu jumladan aksiyalarni sotib olish va sotish qoidalari tartibga soladi. Shuningdek, u birjalar faoliyati va bozor ishtirokchilarining faoliyati qoidalarini belgilaydi.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish