Assalomu alaykum. Kuni kecha ozroq mablag'ga muhtojligim sababli google'dan mikroqarz deb qidiruv bergan edim va shu saytga duch keldim. Veb sayt juda ajoyib shakllantirilgan lekin undagi ma'lumotlarga tayangan holda saytimizda berilgan shartlarga ko'ra, kafil va o'zimning bir yillik ish haqqimni tayyorlab, "Asaka" bankga tashrif buyurganimda resepshinistdan j/y shaxslarni kreditlash bo'limi qaysi xonadaligini so'ramasimdan, u menga bu bank orqali mikroqarz olish "joiz emas"ligini oylik maosh kartam boshqa bankga tegishli ekani bilan izohladi. Vaholanki bankning vebsaytida ham "depozit.uz"da ham bu haqda lommim deyilmagan. Eng achinarlisi bosh ofisning *****-55-22 raqami bilan bog'lanib, 32 daqiqadan ortiq kutilgach, o'zini Sayyora deb tanishtirgan operatordan quyidagicha javob olindi: "Hurmatli mijoz o'sha xodimni yoniga borib biz bilan gaplashtiring". Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, bu yerda korrupsiya hidi anqiyotganga o'xshayapti.