Top.Mail.Ru
19-October, 11:56 |  1,505

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha qanday moddiy qoʻllab-quvvatlashlar mavjud?

Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar uchun imkoniyatlar

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha qanday moddiy qoʻllab-quvvatlashlar mavjud?

Hozirda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha quyidagi turdagi moddiy qoʻllab-quvvatlashlar mavjud:

  1. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan miqdori kompensatsiya qilinadi;
  2. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratiladi;
  3. Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha boʻlgan qismi kompensatsiya qilinadi;
  4. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
  5. Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarining 75 foizigacha qismi qoplanadi. Bunda yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish xarajatlarining har bir bitiruvchiga BHMning 4 baravaridan ortiq boʻlmagan qismi, kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli oʻquv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplanadi;
  6. Urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;
  7. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan yoshlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdordagi mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi;
  8. Mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
    Kreditlarning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida belgilanadi.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish