Top.Mail.Ru

YEAG ijrochi kotibi Markaziy bankka tashrif buyurdi

Markaziy bank rahbariyati Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhining (YEAG) ijrochi kotibi Sergey Teterukov bilan uchrashdi.

YEAG ijrochi kotibi Markaziy bankka tashrif buyurdi

Markaziy bank rahbariyati Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhining (YEAG) ijrochi kotibi Sergey Teterukov bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etildi.

Tomonlar tez orada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining samaradorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining xalqaro standartlarga texnik muvofiqligini o‘zaro baholashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning xalqaro standartlarini samarali joriy etishga qaratilgan qator dolzarb qonun loyihalari ishlab chiqilgani, shu bilan birga, bank va nobank sohalarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini minimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tomonlar yana-da samarali hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

P.S. YEAGga aʼzo davlatlarda o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish jadvaliga muvofiq joriy yilning 14 iyunidan 2 iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini baholash doirasida YEAG ekspertlari-baholovchilarining missiyasi tashrifi amalga oshiriladi.

16:38 • 15 June, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish