Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”i 2021 yilning 30 iyulidan 1 avgustigacha yangi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tayotganini maʼlum qildi.
Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”i 2021 yilning 30 iyulidan 1 avgustigacha yangi "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tayotganini maʼlum qildi.
Bu tizim bankning barcha hududiy bo‘linmalarini yagona MFOga o‘tkazish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, Bazel III talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi tashkiliy va funksional tuzilmani joriy etish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bankning barcha hududiy bo‘linmalarining yagona MFOga o‘tishi, bank hisobvarag‘i ochilish joyidan qatʼi nazar, mijozga bankning istalgan bo‘linmalarida bank xizmatlarining to‘liq spektridan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, bank o‘z mijozlarini xabardor etish maqsadida, yangi ABTga o‘tish davrida bank tomonidan to‘xtatib turiluvchi amaliyotlar ro‘yxatini ham eʼlon qildi.
№ | AMALIYOT TURI | VAQTI | SANASI |
1. | Qo'yilma amaliyotlari (qo'yilmani ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
Qo'yilma amaliyotlari (yechish, to'ldirish va % %olish)shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 | |
2. | Kredit buyurtmalarni qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
Kreditlar va foizlarni so'ndirish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 | |
3. | Bankning barcha turdagi bank kartalarini chiqarish uchun buyurtmalar qabul qilish,shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
4. | Western Union, RIA Money, MoneyGram, Unistream, Contact, Zolotaya Korona xalqaro pul o'tkazmalari (jo'natish-qabul qilish),shu jumladan bankining Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1800 gacha | 27.07.2021 |
5. | AloqaEkspress filiallar o'rtasida o'tkazmalar | 1800 gacha | 27.07.2021 |
6. | To'lovlarni qabul qilish (kommunal, bir martalik, soliq, Munis) | 1200 gacha | 30.07.2021 |
7. | Valyuta ayirboshlash amaliyotlari,shu jumladan bankning Zoomrad mobil ilovasi orqali | 1200 gacha | 30.07.2021 |
8. | Boshqa amaliyotlar | 1800 gacha | 27.07.2021 |