Yana ikkita bank xususiylashtirilmoqda - Poytaxt Bank, UzAgroExportBank
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, “Poytaxt bank” AJ va “O‘zAgroExportbank” ATB banklarining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlari maksimal qiymatda sotilmoqda.
Ushbu bitim doirasida, xalqaro miqyosida tan olingan konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalardan Deloitte kompaniyasi “Poytaxt bank” AJni xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlab olingan bo‘lsa, “O‘zAgroExportbank” ATBga “Grant Thornton” kompaniyasi konsultantlik qiladi.
Yangiliklar bilan Depozit.uz sayti orqali tanishib boring.