So’nggi to’rt oy ichida dollardagi omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavka yillik 6.5% dan 6% gacha pasaydi, evrodagi omonatlar bo’yicha esa 4% dan 5% gacha oshdi.
So’nggi davr mobaynida ba’zi banklar xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalarni oshirdi, ba’zilari esa, aksincha, tushirdi. Bugungi kunda 31 ta bankdan 22 tasida dollarda, 6 tasida yevroda omonat ochish mumkin. Ba’zi omonatlarni onlayn – bank mobil ilovasi orqali ham rasmiylashtirish mumkin.
Dollardagi omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavkasi yillik 6% ni Hamkorbank, yevrodagi omonatlar bo’yicha esa yillik 5% ni Ipoteka-bank taklif etmoqda.
Quyida barcha banklarning xorijiy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.
Dollardagi omonatlar:
| Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, dollar | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
| Hamkorbank | 6 | 500 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
| Turonbank | 5.7 | 100 | 12 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Universalbank | 5.5 | 200 | 13 oy | Bank ofislari orqali |
| Ziraat bank | 5.5 | 1 000 | 36 oy | Bank ofislari orqali |
| Ipoteka-bank | 5 | 0 | 3 oy | Bank ofislari orqali |
| Madad invest bank | 5 | 100 | 12 oy | Bank ofislari orqali |
| Infin bank | 5 | 500 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Mikrokreditbank | 5 | 100 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
| Anorbank | 5 | 100 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
| Kapitalbank | 5 | 500 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Trastbank | 5 | 100 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
| Milliy bank | 5 | 0 | 27 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Xalq banki | 4.5 | 10 | 18 oy | Bank ofislari orqali |
| O’zsanoatqurilishbank | 4 | 500 | 6 oy | Bank ofislari orqali |
| Aloqabank | 4 | 100 | 12 oy | Bank ofislari orqali |
| Agrobank | 4 | 100 | 13 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Asia Alliance bank | 4 | 500 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Qishloq Qurilish bank | 3.83 | 100 | 36 oy | Bank ofislari orqali |
| Poytaxt bank | 3 | 100 | 25 oy | Bank ofislari orqali |
| Ipak Yo’li bank | 3 | 100 | 3-12 oy | Bank ofislari orqali |
| Asakabank | 2.8 | 50 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Orient Finans bank | 2.5 | 5 000 | 500 kun | Bank ofislari orqali |
Yevrodagi omonatlar:
| Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, yevro | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
| Ipoteka-bank | 5 | 0 | 3 oy | Bank ofislari orqali |
| Mikrokreditbank | 4 | 100 | 18 oy | Bank ofislari orqali |
| Kapitalbank | 2 | 100 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
| Hamkorbank | 2 | 1 | 6 oy | Bank ofislari orqali |
| Milliy bank | 2 | 0 | 3 oy | Bank ofislari orqali |
| Asakabank | 1.8 | 50 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.