Ravnaqbank RBK-Mobile ilovasi yordamida Visa Direct xalqaro pul joʼnatish tizimi orqali endi 68 ta davlatga onlayn ravishda pul oʼtkazmasini amalga oshirish mumkin.
Maʼlumki, tijorat banklari tomonidan xizmat koʼrsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat bank tizimida 2001 yildan oʼz faoliyatini olib borayotgan “Ravnaqbank” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan xizmat koʼrsatish sifatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini moliyalashtirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qator natijalarga erishildi.
Jumladan, Oʼzbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida chakana biznesni rivojantirish va tadbirkorlarga bank xizmatlarini koʼrsatishda ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda oʼzining innovatsion faoliyati bilan yuqori pogʼonalarni egallayotgan “Ravnaqbank” aktsiyadorlik jamiyati Visa Direct servisi bilan hamkorlikda xalqaro onlayn pul oʼtkazmalari uchun dunyoning 68 ta mamlakatiga pul joʼnatish tizimini yoʼlga qoʼydi.
Ilgari Ravnaqbankning Visa plastik kartasiga ega boʼlgan mijozlari Rossiya, Qozogʼiston, Belorussiya, Qirgʼiziston, Аrmaniston, Moldova, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Turkmaniston, Singapur, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Gonkong, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Gollandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Isroil banklarining Visa kartalariga mablagʼlarni oʼtkaza olar edilar. Endi esa, bunday banklar qatoriga Аvstriya, Yaponiya, Finlandiya, San-Marino, Portugaliya, Malьdiv orollari, Monako, Malayziya va boshqa koʼplab davlatlar banklari, yaʼni jami 68 ta banklar bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatildi.
Endilikda bank mijozlari RBK-Mobile ilovasini oʼz smartfonlariga yuklab olib, Visa Direct servisi bilan oʼtkazmalarni 24/7 tartibida oʼz yaqinlariga joʼnatish imkoniyatiga ega boʼldilar. Mijozlar uchun bu tizimning afzalliklaridan biri ortiqcha qogʼozbozliksiz, navbatlarsiz va kunning istalgan vaqtida pul oʼtkazmasini amalga oshirish imkoniyatining yaratilganidir. Onlayn oʼtkazmani amalga oshirish uchun mijozdan talab etiladigani bu joʼnatuvchining Visa kartasi raqamidir.
Kunlik va oylik pul oʼtkazmalari boʼyicha maʼlumot:
Siz pul o'tkazmasini yuborishingiz mumkin bo'lgan mamlakatlarning to'liq ro'yxati: