Top.Mail.Ru

Visa Direct xizmati afzalliklari va shartlari haqida

Visa direct haqida

Visa Direct xizmati afzalliklari va shartlari haqida

Visa Direct xizmati afzalliklari va shartlari haqida.

Kuni kecha Milliy bank tomonidan Visa Direct xizmati geografiyasi kengayganligi e’lon qilindi.
Bu postda Visa Direct xizmatini xorijda qarindosh va yaqinlari bo’lganlarga qanday qulaylik va afzalliklari borligini tushuntiramiz.

Oddiy qiyoslash keltiradigan bo’lsak, Visa Direct - bu dunyo miqyosida 24/7 rejimida ishlaydigan Payme yoki Click xizmatidir. Ya'ni, bu xizmat yordamida chet eldagi yaqiningizga mobil ilova orqali tezkor pul o’tkazishingiz mumkin. Avvalgiday bank filialiga borib, pul o’tkazmalari tizimi orqali pul jo’natishning hojati qolmadi.

Bugungi kunda O’zbekiston banklari orasida Visa Direct xizmatini Milliy bank, Kapitalbank va Ravnaq bank banklari ko’rsatmoqda.

Milliy bank Milliy ilovasi orqali quyidagi davlatlarga o’tkazmalarni amalga oshirish mumkin: MDH davlatlari, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Malta, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Singapur, BAA, Xitoy, Gonkong, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya va Niderlandiya.

To’lov uchun komissiyalar:
• Milliy bank Visa kartalari o’rtasida – bepul:
• Milliy bank Visa kartalaridan boshqa banklar Visa kartalariga - 1% (minimum 1 AQSH dollari).
O’tkazmalar kunlik limiti 1000 AQSH dollari.

Kapitalbankning Apelsin ilovasi orqali nafaqat Kapitalbank, balki boshqa banklar Visa kartalarini kiritish orqali to’lov o’tkazish mumkin.

To’lovlar geografiyasi nuqtai nazaridan Apelsin ilovasi orqali ko’proq davlatlarga tezkor pul o’tkazmasini amalga oshirish mumkin. Jumladan, Apelsin orqali MDH mamlakatlari, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Malta, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Singapur, BAA, Xitoy, Gonkong, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Gollandiya, Polsha, Hindiston, Pokiston, Benin, Isroil, Malayziya, Yaponiya, Kanada, Tailand, Afg’oniston, Ispaniya, Misr, Belgiya, Avstriya, Lyuksemburg, Andorra, Portugaliya, Finlandiya, Shvetsiya davlatlariga to’lov amalga oshirish mumkin.

Bunda komissiyalar quyidagicha bo’ladi:
• Kapitalbank Visa kartasidan Kapitalbank Visa kartasiga – 0%;
• Kapitalbank Visa kartasidan boshqa bank Visa kartasiga – 1%, lekin 2$ dan kam bo’lmagan miqdorda;
• Boshqa bank Visa kartasidan boshqa bank Visa kartasiga – 1,5%, lekin 3$ dan kam bo’lmagan miqdorda.
To’lovlar bo’yicha bir martalik limit 1000$, oylik limit 9000$.

RBK-Mobile ilovasi orqali to’lovlar uchun komissiyalar esa quyidagicha:
• Ravnaq-bank VISA kartasidan Ravnaq-bank VISA kartasiga - bepul.
• O'zbekiston Respublikasi banklari tomonidan chiqarilgan VISA kartalari uchun - 1% miqdorida (minimum 1 AQSh dollari);
• MDH davlatlari banklari tomonidan chiqarilgan VISA kartalari uchun - o'tkazma summasining 1% miqdorida (minimum 2 AQSh dollari).

16:47 • 21 January, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish