Top.Mail.Ru

Uyingiz uchun mebel va maishiy texnika sotib olmoqchimisiz, yoki to’y marosimi o’tkazishni rejalashtirdingizmi?

iste'mmol kreditlari

Uyingiz uchun mebel va maishiy texnika sotib olmoqchimisiz, yoki to’y marosimi o’tkazishni rejalashtirdingizmi?

Bu borada Sizga iste’mol kreditlari qo’l keladi. 

Iste’mol tovar va xizmatlarini kredit hisobiga qulay shartlarda sotib olishingiz maqsadida Depozit.uz Sizlarga eng yaxshi iste’mol kreditlarining TOP 3 taligini taqdim etadi:

1. “Milliy Bank”ning iste’mol krediti: 
Maksimal summa: 49 mln. so’m.
Kredit muddati va foizi: 
12 oygacha – yillik 21%.
24 oygacha – yillik 23%.
36 oygacha – yillik 25%.
Ta’minot: 24,5 mln. so’mgacha jismoniy shaxs kafilligi yoki sug’urta polisi, 24,5 mln. so’mdan ko’proq summaga mol-mulk garovi.

2. “Ziraat Bank”ning iste’mol krediti: 
Maksimal summa: 73,5 mln. so’m.
Kredit muddati va foizi: 
12 oygacha – yillik 23%.
24 oygacha – yillik 24%.
36 oygacha – yillik 25%.
Ta’minot: mol-mulk garovi.

3. “Asia Alliance Bank”ning iste’mol krediti: 
Maksimal summa: 122,5 mln. so’m.
Kredit muddati va foizi: 
12 oygacha – yillik 25%.
24 oygacha – yillik 26%.
36 oygacha – yillik 27%.
Ta’minot: kredit muddati va summasidan kelib chiqqan holda jismoniy shaxs kafilligi, sug’urta polisi  yoki garov ta’minoti.

Iste’mol kreditlari tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi yuridik shaxsning hisobraqamiga pul o’tkazish yo’li bilan ajratiladi. 

Iste’mol kreditlarining yanada ko’proq maqsadlari va shartlarini saytimizda ko’rishingiz mumkin.

14:27 • 19 February, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish