Top.Mail.Ru

“Turonbank”da matbuot anjumani: bank tomonidan taklif etilayotgan chakana kreditlar va ayrim sohadagi yangiliklar

Zamonaviy transformatsiya jarayonlarini olib borayotgan “Turonbank” ATB xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda iste’molchilarga tezkor, sifatli va eng so‘nggi axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan bir – biridan foydali va innovatsion xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

“Turonbank”da matbuot anjumani: bank tomonidan taklif etilayotgan chakana kreditlar va ayrim sohadagi yangiliklar

Ayniqsa, bugungi raqamli banking tili bilan aytganda “riteyl” ya’ni, chakana xizmatlar yo‘nalishida mamlakatimiz uchun hali yangi bo‘lgan nou – xaular Turonbank imzosi bilan O‘zbekiston moliya blogiga kirib kelyapti. Xususan,


“Naqd pulsiz hisob – kitoblarni rivojlantirish”, “Masofaviy xizmatlar turi va sifatini takomillashtirish”, “To‘lovlarni amalga oshirishning optimal yechimlarini ishlab chiqish” kabi ko‘plab yo‘nalishlarda hali anologi bo‘lmagan yechimlar taklif etilmoqda.

Milliy matbuot markazida o‘tgan navbatdagi press – anjumanda “Turonbank” ATB mutaxassislari hozirga qadar faoliyatga joriy etilgan mana shu kabi yangi bank mahsulotlari xususida yig‘ilgan jurnalistlarga ma’lumot berishdi. Dastavval, Chakana xizmatlar ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari Eldor Vahobov so‘zga chiqib hozirga qadar bank tomonidan joriy qilingan innovatsion, boz ustiga hali O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan xizmatlarga to‘xtaldi.

“Bugungi globallashuv jarayonlarini inobatga olgan holda Turonbank doim eng so‘nggi texnologiyalarga asoslangan xizmatlarni o‘z faoliyatida joriy etib, mijozlar uchun yangiliklar taqdim etishdan charchamaydi. Birgina, plastik kartochkalar yo‘nalishini olsak. Bugungi kunda bankimiz “Humo”, “UzCard”, “Mastercard Standart” va “Mastercard Gold” singiri mahalliy va xalqaro plastik kartochkalarni muomalaga chiqargan. Yaqinda yana 2 ta yangi kobeydj va kobrending turidagi zamonaviy kartalarni ham emissiya qilishni boshladik. Xususan, yangi kobeydjing kartamiz Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekistonda “UzCard” ya’ni so‘m, Rossiyada esa “MIR” ya’ni rublda ishlaydi. Mablag‘lar avtomatik tarzda ayirboshlanadi va o‘zingiz bilan naqd pul olib yurishingizning hojati yo‘q. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bir karta bilan O‘zbekistonda har qanday to‘lovlarni amalga oshirib, bankomatlardan pul yechsa bo‘ladi, Rossiyaga borganda esa bu karta “MIR”ga aylanadi va xudda shu amaliyotlarni erkin bajarish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, mazkur kartalarni istalgan O‘zbekistondagi mobil ilovalarga ulab ishlatish, “Uzcard-MIR” kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish ham mumkin.


Bundan tashqari, oktyabr oyida “Turonbank” ATB, “Mastercard” va “Tourist.uz” kompaniyalari o‘rtasida yangi kobrending kartasini ham yo‘lga qo‘yish arafasida turibmiz. Mazkur kartaning afzalligi shundaki, chet elga sayohat qilayotgan mijozlarimizga chet el sayohatida turli xil chegirmalar taklif etib, naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

O‘z nutqi davomida Eldor Vahobov to‘lovlarni qabul qilishga mo‘ljallangan an’anaviy terminallar o‘rnini egallab borayotgan yangi “One Touch” texnologiyasi va uning imkoniyatlari bo‘yicha ham yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
“Hozir – hozirgacha ma’lum bir savdo nuqtalarida terminal ishlamayotgani, quvvati yo‘qligi, ta’mir uchun berilganligi kabi qator bahonalar ro‘kach qilinib, aholidan naqd pul undirish holatlari kuzatiladi. Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, naqdsiz hisob – kitoblar tizimini yanada taraqqiy ettirish maqsadida Turonbank O‘zbekiston moliya blogi uchun yangi bo‘lgan “One Touch” dasturini ishlab chiqdi va keng omma e’tiboriga havola etdi. U “Humo” plastik kartochkalarida ishlaydigan bo‘lib, NFC tizimi mavjud smartfonlar yordamida to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Ya’ni, qo‘lingizdagi telefonga kartani tekkazish orqali siz to‘lovlarni qabul qilishingiz mumkin bo‘ladi. Mazkur xizmatga ulanish hozircha bepul va ayniqsa, yetkazib berish va taksi xizmati, kichik savdo nuqtalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun qo‘l keladi. To‘lovlar o‘tganligi to‘g‘risidagi maxsus cheklar esa elektron shaklda taqdim etiladi. Qolaversa biz “One touch” ilovasi takomillashtirib, mazkur ilovada “Visa” xalqaro plastik kartalarini qabul qilish va “Visa” xalqaro to‘lov tizimining “Pin on glass” texnologiyasini ham ishga tushirdik. U mijozlar tomonidan “Humo” va “Visa” xalqaro plastik kartalaridan 100 000 so‘mdan oshiq bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish vaqtida “One touch” ilovasida mijozdan PIN kod terishni so‘raydi va to‘lov xavfsiz smartfon orqali qabul qilinadi.”


Fikrlarini davom ettirar ekan, Eldor Vahobov joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, “MoneyGram” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan hamkorlikda zamonaviy va tezkor “Profix” platformasi ham ishga tushirilganligini qo‘shimcha qildi. U orqali mijozlar kelgan va jo‘natilgan mablag‘larni oson olishlari mumkin bo‘ladi, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlarining ish faoliyati yengillashtirilib, mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Hamkasbining fikrlariga qo‘shimcha qilar ekan, Chakana kreditlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Saidamirxon Mubarov ayni vaqtda mijozlar uchun ajratilayotgan iste’mol, mikroqarz, ipoteka, ta’lim, avto xaridi uchun mo‘ljallangan kreditlar bo‘yicha ham ma’lumot berdi.


“Mana masalan siz tovar yoki xizmatlardan foydalanish uchun 3 yilgacha bo‘lgan muddatga boshlang‘ich to‘lovsiz iste’mol kreditini yillik 26 foizdan rasmiylashtirishingiz mumkin. Biz bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobarigacha bo‘lgan miqdorda ya’ni bugungi kunda 81 mln. so‘mgacha moliyaviy ko‘mak berishga tayyormiz. Kredit siz bilan hamkorlik qilayotgan korxonaning hisob - raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Bundan tashqari, zudlik bilan maqsadsiz mikroqarz kerak bo‘lsa biz 50 mln. so‘mgacha kredit ajratib berishimiz mumkin. Ortiqcha hujjatlarsiz, faqatgina shaxsni tasdiqlovchi pasport bilan kreditni olish mumkin.
U 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 26 foizdan istasangiz naqd, xohlasangiz plastik kartochkaga o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Qolaversa, yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun bank ham birlamchi ham ikkilamchi bozor uchun avtokreditlarni taklif etmoqda ekan. Yillik 24 foizda siz Sparkdan KIA va Volksvagengacha olishingiz mumkin. Muddati esa 1 yildan 4 yilgacha. Shu bilan birga, bankimiz tomonidan odamlarimizning birlamchi va ikkilamchi bozordan yangi xonadon xarid qilishlari va xovli joylarini rekonstruksiya qilishlari uchun ham ipoteka kreditlari ajratilyapti.

Qurilish va rekonstruksiya uchun:
Foizi: 17–18 foizdan;
Muddati: 20 yilgacha;
Miqdori: 309,4 mln. so‘m;
Boshlang‘ich to‘lov: 15%
Toshkent shahridan tashqari, barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ajratiladi.


Yangi qurilgan va ikkilamchi bozordagi ko‘p qavatli uylar yoki yakka tartibdagi hovli – joylar sotib olish uchun:
Muddati: 20 yilgacha;
Miqdori: 400 mln. so‘m;
Boshlang‘ich to‘lov: 25%


Xonadonlarni yengil ta’mirlash uchun:
Muddati: 10 yilgacha;
Miqdori: 80 mln. so‘m;
Boshlang‘ich to‘lov: 0%


Matbuot anjumani davomida ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan ma’lumot bu yangi ishlab chiqilgan “Davo” va “Sayohat” nomli kredit turlari bo‘ldi. Unikalligi bilan boshqa moliya muassasalarinikidan ajralib turuvchi ushbu bank mahsulotlari haqida so‘z yuritar ekan, Chakana xizmatlar ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari Raximjon Maxmudov quyidagilarni qayd etdi.


“Fuqarolarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qolaversa, bank kredit bozorining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olib biz yangi 2 ta kredit turini ham joriy etdik. Bular yuqorida aytganlarimiz, “Davo” va “Sayohat” nomli kredit turlaridir. 

Tasavvur qiling, zudlik bilan O‘zbekistondagi ma’lum bir klinikalarda davolanishingiz yoki yaqinlaringizning fiziologik holatini sanatoriyalarda yaxshilashingiz kerak bo‘lib qolganda, biz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga, yillik 24 foizda, boshlang‘ich to‘lovsiz 50 mln. so‘mgacha kredit ajratishimiz mumkin. Mablag‘ shartnoma asosida tibbiyot muassasasining hisob – raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan taqdim etiladi. Shuningdek, oilaviy, do‘stlar bilan, yoki asaloyini o‘tkazish uchun chet elga safar qilishni rejalashtirganlar uchun ham “Sayohat” nomli kreditni ishga tushirdik. Siz o‘zingiz ma’qul ko‘rgan tur – firma bilan manzillarni tanlaysiz, biz esa 5 milliondan 21 million so‘mgacha moliyaviy ko‘mak beramiz. Mazkur kredit foizi 26% va 1 yilgacha bo‘lgan muddatga 2 oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi. Kredit turistik firmaning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi”.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, “Turonbank” ATB tomonidan aholi ehtiyojlari uchun qariyb 480 mlrd. so‘m miqdordagi chakana kreditlar ajratilgan va bu ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. Qizg‘in o‘tgan matbuot anjumani davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga batafsil javob olishdi.

Reklama huquqi asosida

 

20:22 • 15 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish