Top.Mail.Ru

TOP-3: Yuqori foizli xorijiy valyutadagi omonatlar

Xorijiy valyutadagi omonatlar nisbatan barqaror va mahalliy inflyatsiya ularga kamroq ta’sir qilishi bilan ahamiyatlidir.

TOP-3: Yuqori foizli xorijiy valyutadagi omonatlar

Shuning uchun ko’pchilik pulini aynan xorijiy valyutadagi omonatga qo’yishga harakat qiladi. Ko’proq daromad olish uchun esa yuqori foiz stavkasiga ega omonatga pul qo’yish kerak. Lekin qaysi bankda eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar bor? Keling bugun ushbu savolga javob topamiz.

E’tiboringizga uchta eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar va ularning shartlarini taqdim qilamiz.

1. Universalbankning “Maxsus” omonati. 

Omonatning foiz stavkasi yillik 6% bo’lib, omonat 24 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 200 AQSH dollari. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.

2. Trast bankdan “Istiqlol” omonati. 

Omonatning foiz stavkasi yillik 6% bo’lib, omonat 13 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 500 AQSH dollari. Qo’shimcha mablag’ kiritishga birinchi 6 oy davomida ruxsat etiladi. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.

3. Ziraatbankdan "Premium USD-5" omonati. 

Omonatning yillik foiz stavkasi 5.25% bo'lib, 36 oy muddatga qabul qilinadi. Omonatning minimal summasi 2000 AQSH dollari. Qo’shimcha mablag’ kiritish, har oy foiz to’lash, imtiyozli yechish shartlari mavjud. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

13:54 • 02 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish