keshbek kartalari
Keshbek (Cashback) karta - bu barchamizga tanish bo’lgan Uzcard va Humo kartalaridir. Farqi, keshbek tizimiga ham ulangan bo’ladi.
Bu nima degani?
Agar siz keshbek tizimi yo'lga qo'yilgan do'konlardan xarid qilsangiz, shu xaridingiz uchun sizga pul to'lashadi ya'ni pulingizni ma'lum bir qismini qaytarib berishadi.
Ammo, keshbek naqd berilmaydi, odatda maxsus hisob raqamga yoki karta hisobiga o’tkaziladi. Va 0,5% dan 2,5-3% gacha, kamdan-kam 10-25% gacha bo’ladi.
Quyida sizlarga eng yuqori foizli keshbek kartalarni e’tiboringizga taqdim qilamiz:
1. “Anorbank”dan “TRIA – Humo kartasi”
Keshbek: 25% gacha;
Karta bahosi: 10,000 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Bor.
2. “Asia Alliance Bank”dan “Alliance Club – Uzcard kartasi”
Keshbek: 10% gacha;
Karta bahosi: 36,750 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Onlayn buyurtma bor.
3. “Agrobank”dan “Kobrend - Uzcard kartasi”
Keshbek: 2% gacha;
Karta bahosi: 36,750 so’m;
Onlayn buyurtma va yetkazib berish: Bor.