Tenge Bankdan yangi omonatlar. Syurpriz - yillik 23% lik "Mustaqillik-13" omonati!
Tenge Bank mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan yangi omonatlarni joriy qildi.
Ushbu quvonchli voqeadan foydalanib, jismoniy shaxslar uchun bayramona shartlarda omonat turlari taklif qilinmoqda:
«Mustaqillik» — belgilangan, cheksiz qo‘shimcha mablag‘ qo‘shish imkoniyati bilan:
3 oy muddatga — yillik 22%;
6 oy muddatga — yillik 22,5%;
13 oy muddatga — yillik 23%.
«Qulay» — moslashuvchan, istalgan vaqtda mablag‘ni yechib olish va to’ldirish imkoniyati bilan:
Muddati — 1 kundan 13 oygacha;
Foizi — yillik 21%.
Eslatma: Tenge Bankning "Mustaqillik-13" omonati O’zbekiston banklari taklif qilayotgan eng yuqori foizli omonatlardan biriga aylandi. Hozirda TBC Bank Uzbekistanning “TBC Depozit”, Anorbankning "Smart 2.0" va "Shoshilmasdan 2.0" omonatlari foiz stavkasi yillik 23% ni tashkil qiladi.
Omonatlarning batafsil shartlari bilan Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.