TengeBank rahbari o'zgardi
Aykin Qabulov bank boshqaruvi raisi lavozimiga bir yil muddatga saylandi.
Aslan Talpakov Tenge Bank rahbari lavozimini muddatidan oldin tark etmoqda. Bu haqda bankning yagona korporativ axborotlar portalidagi ma'lumotlardan kelib chiqilmoqda.
Aykin Qabulov bir yil muddatga rais lavozimiga saylandi, ammo Markaziy bankdan ijobiy natija olinganidan so'ng o'z vazifalarini bajarishi mumkin. Ungacha esa bankka vaqtincha Bayan Imasheva rahbarlik qiladi.
Aykin Qobulov Karaganda davlat universitetini "Moliya va kredit" va "Huquqshunoslik" mutaxassisliklari bo'yicha tamomlagan. 1995 yildan beri bank sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. "Halyk bank"ida turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2017-yildan buyon esa "Qirg'iziston Xalq banki"ga rahbarlik qiladi.
Avvalroq Spot.uz Spartak Tetrashvili TBC Bank Uzbekistan rahbari lavozimiga bir yil muddatga tasdiqlangan deb yozgan edi.