Top.Mail.Ru

SQB Securities va Depozit.uz endi hamkorlardir

Hamkorlar

SQB Securities va Depozit.uz endi hamkorlardir

Depozit.uz - moliyaviy yordamchisi Toshkent fond birjasida sotiladigan aktsiyalar va obligatsiyalarni targíb qilish va sotish bo'yicha yetakchi investitsion-brokerlik korxonalaridan biri SQB Securities kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.

SQB Securities 2020 yilda tashkil etilgan bo’lib "O'zsanoatqurilishbank" ATBning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.

SQB Securities investitsion banking, konsalting va investitsion vositachi xizmatlarini taqdim etadi, jumladan:
• Kompaniyalar aktsiyalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
• Investitsion banking xizmatlari;
• Investitsion loyihalarni sindikatlashgan kreditlashni tashkil qilish;
• Brokerlik va depozitar xizmatlar;
• Korporativ boshqaruvni amalga oshirish, modernizatsiya qilish va qo'llab-quvvatlash;
• Qimmatli qog'ozlarni qisman va ommaviy joylashtirish;
• Obligatsiyalarni chiqarilishini tashkil etish;
• Investitsion aktivlarini ishonchli boshqarish;
• Loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish;
• Birlashtirilgan moliyalashtirish turlarini tashkil etish va boshqalar.

08:46 • 15 January, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish