Butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom
Butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom — muborak Ramazon hayitining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy anʼanalarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon hayiti bayram sifatida nishonlanishi belgilandi.
Shuningdek, 2021 yilning 14–15 may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.