Kuni kecha Toshkentda Rossiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri Сbonds kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” mavzusida III-xalqaro konferensiyada, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Rossiyaning yetakchi banklari Gazprombank, Sovkombank, Qozog‘iston Respublikasining Xalq banki vakillari ishtirok etdi.
Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasining moliya bozori, mahalliy kompaniyalarning jahon bozorlariga chiqishi va mamlakatga investitsiya jalb qilish imkoniyatlari, shuningdek, mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rejalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblangan mahalliy fond birjasi orqali ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini qo’yish orqali, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishni rag‘batlantirish, emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish masalalari anjuman doirasida ko‘rib chiqildi.
Xususan, ko‘rib chiqilgan vazifalarga muvofiq:
Shuningdek, anjuman doirasida boshqa davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, qonunchilik bazasini yaratish muhim ahamiyat kasb etishini, ayni paytda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun, xalqaro komissiyalar tashkiloti (IOSCO) tamoyillariga asoslangan holda loyiha ustida ish olib borilayotganligi borasida axborot berildi.