Bankning umumiy kapitali dinamikasi ko‘rsatkichlari 133 494 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Korporativ axborot Yagona portalida eʼlon qilingan bankning moliyaviy hisobotiga ko‘ra, 2021 yil 9 oylik natijalarga ko‘ra, “Poytaxtbank”ning sof foydasi qariyb 15 foizga kamaygan va umumiy sof foyda 11,33 mlrd.so‘mni tashkil qildi. Bankning umumiy kapitali dinamikasi ko‘rsatkichlari 133 494 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Xususan, hisobot davrida bankning jami foizli daromadi 24, 57 mlrd.so‘mni, investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadi 251 mln.so‘mni tashkil etgani holda, xarajatlar 556 million so‘m darajasida bo‘ldi. Moliyaviy hisobot natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bankning foizsiz daromadi 9,38 milliard so‘mni, xarajatlari esa 2,75 milliard so‘mga yetdi.
Hisobot davrida bankning korporativ kredit portfeli 93,4 milliard so‘mni tashkil etib, yil boshidan deyarli 5 % o‘sdi. Depozitlar hajmi esa 102,5 milliard so‘mgacha ko‘tarilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 10,2 foizga o‘sishga erishgan.