Top.Mail.Ru

O‘zbekistonda elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi

“A-pay” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi, deya xabar bermoqda regulyator.

O‘zbekistonda elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi

Xabarda qayd etilishicha, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan “CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” MCHJ tomonidan “A-pay” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish hamda “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilgan.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 3231, 29.04.2020 y) ko‘ra, joriy yilning 30 sentyabr kuni “A-pay” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, elektron pullar tizimi reyestrining to‘liq ro‘yxati bilan  Markaziy bank rasmiy veb sayti orqali batafsil tanishish mumkin.

20:36 • 13 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish