05-June, 08:22 |  2,532

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan pul belgilarini muomalaga chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2021 yilning 14 iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini maʼlum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan pul belgilarini muomalaga chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabar berishicha,  2021 yilning 14 iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqariladi.

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” va mamlakatimiz hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, banknotalar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shartligi qayd etilgan.

 Teglar

Banklar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish