22 Sep 2021 |  364

O‘zbekiston bozorida ipoteka kreditlari bo‘yicha vaziyat qanday?

Respublika Markaziy banki axborot berishicha, 2021-yil 8 oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig‘i 32,1 trln.so‘mni tashkil etgani holda, 2017-yilning 1-sentyabr mos davriga nisbatan 4,2 baravar o‘sganligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston bozorida ipoteka kreditlari bo‘yicha vaziyat qanday?

2021-yilning 8 oyi mobaynida ipoteka kreditlarining 16 foizi birlamchi bozordagi uylar uchun ajratilgan bo‘lib, jami 5 811 nafar fuqaroga 1 054,0 mlrd. so‘m miqdorida, ikkilamchi bozordagi uylar uchun 31 482 nafar fuqaroga (84 %) 4 182,1 mlrd. so‘m miqdorida ajratilgan. Ya’ni, jami 5 236,1 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlarining 42 foizi (15 673 nafar) xotin-qizlarga va 58 foizi (21 620 nafar) erkaklarga ajratilgan.

Shuningdek, 2021yil 8 oyi davomida yangi tartib doirasida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari jami summasi 2 494,6 mlrd.so‘mni tashkil etgani holda jami 11 610 nafar fuqaro uy-joyga ega bo‘lgan.
Xususan, joriy yil 8 oyi davomida ajratilgan ipoteka kreditlarining 26 foizi 18-30 yoshgacha, 68 foizi 31-50 yoshgacha va qolgan 6 foizi esa 50 yoshdan yuqori fuqarolarga ajratilgan.

2021-yil 8 oyi davomida tijorat banklari tomonidan aholiga umumiy qiymati 31,2 trln. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lsa, shundan hududlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, Toshkent shahri hissasiga 1 383,5 mlrd.so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 218,2 mlrd.so‘m, Andijonga 436,1 mlrd.so‘m, Buxoroga 218,1 mlrd.so‘m, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga 375 mlrd.so‘m, Navoiy va Namangan viloyatlariga 557,1 mlrd.so‘m, Samarqandga 476,6 mlrd.so‘m, Farg‘onaga 436,1 mlrd.so‘m va 374,0 mlrd. so‘m Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2021-yil 8 oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining 1 027,8 mlrd. so‘mi O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan, tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 618,3 mlrd. so‘m va 3 590,0 mlrd. so‘mi Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Xususan, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan 2021-yilning 8 oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari summasi 1 027,8 mlrd. so‘mni tashkil etgani holda, jami 5 838 nafar fuqaro uy-joy uchun ipoteka kreditlari olishga muvaffaq bo‘lgan.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish