Top.Mail.Ru

Omonatlarining yuqori foiz stavkalari o‘rtacha 21,0 foizni tashkil qildi

Markaziy bank xabariga ko'ra, aholi omonatlari monitoring qilindi.

Omonatlarining yuqori foiz stavkalari o‘rtacha 21,0 foizni tashkil qildi

Bank tizimidagi TOP-10 tijorat bankining yuqori foiz stavkalari bo‘yicha amalga oshirilgan navbatdagi monitoring natijalariga ko‘ra, 2021-yil 1-noyabr holatida ushbu banklardagi aholi omonatlarining yuqori foiz stavkalari 20-22 foiz atrofida shakllanib, o‘rtacha 21,0 foizni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, aholi omonatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalarini aniqlashda, barcha mijozlar, shu jumladan, potensial mijozlar uchun ommabop bo‘lgan, cheklovlar va oldindan shartlar mavjud bo‘lmagan bank omonatlarining yuqori stavkalari hisobga olindi.

Alohida toifadagi mijozlar (pensioner, bolalar, talabalar va h.k.) uchun mo‘ljallangan hamda kapitalizatsiya qilinadigan omonatlar hisobga olinmagan.

09:40 • 19 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish