Omonatlar: Xorijiy valyutadagi eng yaxshi takliflar sharhi - 2021 yil iyul oyi uchun.
Xorijiy valyutadagi omonatlar nisbatan barqaror va mahalliy inflyatsiya ularga kamroq ta’sir qilishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ko’pchilik pulini aynan xorijiy valyutadagi omonatga qo’yishga harakat qiladi. Ko’proq daromad olish uchun esa yuqori foiz stavkasiga ega omonatga pul qo’yish kerak. Lekin qaysi bankda eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar bor? Keling bugun ushbu savolga javob topamiz.
E’tiboringizga uchta eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar va ularning shartlarini taqdim qilamiz.
1. Turkiston bankning “Visa aksiyasi” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 7% bo’lib, omonat 2021-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 1000 AQSH dollari. Mablag’lar Turkiston bankda ochilgan Visa kartasida bo’lishi kerak. Agar kartangiz yo’q bo’lsa, bankka murojaat qilib bepulga karta ochtirishingiz mumkin. Kartaning sug’rta depoziti 20 dollar. Ushbu summa karta yopilganda qaytarib beriladi. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
2. Universalbankning “Maxsus” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 6% bo’lib, omonat 24 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 200 AQSH dollari. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
3. Ziraat Bank Uzbekistanning “Premium USD-4” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 5,25% bo’lib, omonat 36 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 3000 AQSH dollari. Dastlabki 24 oy davomida qo’shimcha mablag’ kiritishga ruxsat beriladi. Qo’shimcha mablag’ning eng kam miqdori 500 AQSH dollari. Muddatdan avval mablag’lar qaytarib olinganda quyidagicha hisob-kitob qilinadi: omonat kiritilgan sanadan boshlab 180 kungacha (180 kun ham) – yillik 4%, 181 kundan 365 kungacha (365 kun ham) - yillik 4,25%, 366 kundan 730 kungacha (730 kun ham) - yillik 5%, 731 kundan boshlab omonat muddati yakunlangunga qadar - yillik 5,25%. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Shu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan “Depozit.uz” saytining “Omonatlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.