Omonatlar: Xorijiy valyutadagi eng yaxshi takliflar sharhi - 2021 yil avgust oyi uchun.
Xorijiy valyutadagi omonatlar nisbatan barqaror va mahalliy inflyatsiya ularga kamroq ta’sir qilishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun ko’pchilik pulini aynan xorijiy valyutadagi omonatga qo’yishga harakat qiladi. Ko’proq daromad olish uchun esa yuqori foiz stavkasiga ega omonatga pul qo’yish kerak. Lekin qaysi bankda eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar bor? Keling bugun ushbu savolga javob topamiz.
E’tiboringizga uchta eng yuqori foizlik xorijiy valyutadagi omonatlar va ularning shartlarini taqdim qilamiz.
- Turkiston bankning “Visa aksiyasi” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 7% bo’lib, omonat 2021-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 1000 AQSH dollari. Mablag’lar Turkiston bankda ochilgan Visa kartasida bo’lishi kerak. Agar kartangiz yo’q bo’lsa, bankka murojaat qilib bepulga karta ochtirishingiz mumkin. Kartaning sug’rta depoziti 20 dollar. Ushbu summa karta yopilganda qaytarib beriladi. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Universalbankning “Maxsus” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 6% bo’lib, omonat 24 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 200 AQSH dollari. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Trast bankdan “Istiqlol” omonati. Omonatning foiz stavkasi yillik 6% bo’lib, omonat 13 oy muddatga qabul qilinadi. Foizlar har oyda to’lanadi. Omonatning minimal summasi 500 AQSH dollari. Qo’shimcha mablag’ kiritishga birinchi 6 oy davomida ruxsat etiladi. Omonatni bank bo’linmalarida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Shu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan “Depozit.uz” saytining “Omonatlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.