17 Feb 2021 |  1,258

Omonatdan qancha daromad qilish mumkin?

Depozit.uz saytining Omonatlar bo’limidagi eng yuqori foiz stavkasiga ega omonatlar misolida, omonatga pul qo’yib qancha daromad ko’rish mumkinligini keltiramiz. 

Omonatdan qancha daromad qilish mumkin?

Bu savol ko’pchilikni qiziqtiradi. Ba’zilar: “juda kam, hatto harakat qilganga ham arzimaydi” - deb o’ylashadi. Ba’zilar esa: “umuman daromad qilish mumkin emas” - deb hisoblaydi. Aslida-chi? Omonatdan daromad ko’rsa bo’ladimi? Albatta bo’ladi. Hatto yaxshigina. Asosiysi omonatni to’g’ri tanlashda. 

E’tiboringizga Depozit.uz saytining Omonatlar bo’limidagi eng yuqori foiz stavkasiga ega omonatlar misolida, omonatga pul qo’yib qancha daromad ko’rish mumkinligini keltiramiz. 

Ma’lumotlar 15.02.2021 holatiga ko’ra keltirilgan.

1. “Universalbank”dan “Yubiley” omonati:
•  Foiz stavkasi: 22%;
•  Muddat: 22 oy;
•  Omonat summasi: 1 mln so’m;
•  Daromad: 403,333 so’m (muddat oxirida).

2. “Trastbank”dan “Trast-25" omonati:
•  Foiz stavkasi: 22%;
•  Muddat: 24 oy;
•  Omonat summasi: 1 mln so’m;
•  Daromad: 440,000 so’m (muddat oxirida).

3. “Mikrokreditbank”dan “Maksimum” omonati:
•  Foiz stavkasi: 21%;
•  Muddat: 13 oy;
•  Omonat summasi: 1 mln so’m;
•  Daromad: 227,500 so’m (muddat oxirida).

Muhim: Misol tariqasida “Omonat summasi: 1 mln so’m” – deb belgilandi. Agar omonat summasi ko’paytirilsa, daromad ham mos ravishda ortadi. Masalan, 2 mln qo’yilsa, daromad ko’rsatilganidan ikki barobar, 10 mln qo’yilsa, ko’rsatilganidan 10 barobar ko’p bo’ladi.
Muhim 2: Daromadni har oy olish mumkin. 

Omonatlarning batafsil shartlari bilan Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

 Teglar

Omonatlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish