Top.Mail.Ru

Oltin quymalar haqida

Oltin quymalar haqida

Oltin quymalar haqida

Ko’pincha bizdan foydalanuvchilarimiz: Qayerga pul tikkan foydaliroq? – deb so’rashadi. Eng yaxshi variantlardan biri, bu Oltin quymalar xaridi. Sababi, oltin, qadim-qadimdan o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan vositalardan biri. Qolaversa, oltinni narxi doim ko’tariladi. Agar, narxi bir muddat tushsa ham, albatta yana ko’tariladi. Asosiysi, oltin quymalarga inflyatsiya uncha ta’sir qilmaydi.
Hozirda oltin quymalarni banklarda, quyidagi manzillarda sotib olish mumkin. 
Oltin quymalar 5, 10, 20 va 50 gramm og’irlikda, 999,9 probadagi sof oltindan, maxsus himoya qadog’da ishlab chiqariladi. Qadoqda, QR-kod va maxsus himoya qatlami bo’ladi. Ushbu qatlam shikastlangan va quymaga zarar yetganda, oltin quymaning narxi tushib boradi. Qadog’i but holda, Oltin quymani istalgan vaqt banklarga qayta sotish mumkin bo’ladi. 
Yana bir muhim jihat, qadog’i but holdagi quymalarni xorijga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Oltin quymalarning narxi xalqaro bozordagi o’zgarishlardan kelib chiqib, kun davomida o’zgarib borishi mumkin. Amaldagi narxlarni Markaziy bank saytida ko’rishingiz mumkin.
Ushbu maqola, e’lon qilinayotgan payt, oltin quymalarning narxi quyidagicha edi:
5 grammlik quyma - 3 195 000 so’m;
10 grammlik quyma - 6 389 000 so’m;
20 grammlik quyma - 12 654 000 so’m;
50 grammlik quyma - 31 636 000 so’m;
Unutmang! Oltin quymalarning narxi doim o’zgarib turadi va agar Sizga barqaror daromad vositasi kerak bo’lsa, pullaringizni Omonatga qo’yishni tavsiya qilamiz.
Omonatlarning batafsil shartlari bilan “Depozit.uz” saytining “Omonatlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.
 

19:36 • 14 July, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish