2021-yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 231,9 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2020-yilning mos davriga nisbatan 47 foizga oshdi.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 115,4 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 116,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
2021-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga 126,9 trln.so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 42,1 trln. so‘mlik (33,2 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 35,6 trln. so‘mga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, ushbu o‘sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 15,8 trln. so‘mga hamda naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 11,3 trln. so‘m oshishi hisobiga yuzaga keldi.
Banklar kassalariga naqd pul tushumlari hajmi va naqd pulga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo‘shimcha naqd pullar chiqarib borildi hamda ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatildi.