Top.Mail.Ru

Muomaladagi bank kartalari soni salkam 500 000 ga oshdi.

Respublika Markaziy banki tomonidan joriy yilning oktyabr oyi natijalari yuzasidan eʼlon qilingan hisobotga ko‘ra, muomaladagi bank kartalari soni 25,2 millionni tashkil qilgan, yaʼni bu sentyabr oyiga nisbatan 442,4 mingtaga ko‘p.

Muomaladagi bank kartalari soni  salkam 500 000 ga oshdi.

Muomalaga eng ko‘p bank kartasini chiqarish Xalq bank (4 780 854 dona) hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘zagroeksportbank esa eng past ko‘rsatkichlarga erishgan, yaʼni bank tomonidan 1 oktyabr holatiga 1 218 dona plastik karta muomalaga chiqarilgan.

Hisobotga ko‘ra, yil boshidan buyon tijorat banklari tomonidan jami 434 971 ta to‘lov terminallari o‘rnatilgan bo‘lib, eng past ko‘rsatkich Soderot bank Toshkent (33 ta),  TBC bank (22 ta) va O‘zagroeksportbank (72 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 1 oktyabr holatiga ko‘ra, jami o‘rnatilgan bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kiosklar soni 12 710 tani tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich sentyabr oyiga nisbatan jami 127 taga ortgan. Bu o‘sish asosan Kapitalbank hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (+41), yaʼni bugungi kungacha Kapitalbank tomonidan respublika hududlari bo‘ylab o‘rnatilgan bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kiosklar soni 3 229 tani tashkil etmoqda. TBC  va Anorbanklar tomonidan esa, bugungi kungacha umuman  bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi kiosklar o‘rnatilmagan.

Xususan, regulyator tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikada 2021 yil yanvar-avgust oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 76,9 mln.so‘mni tashkil etgan.

17:34 • 20 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish