Top.Mail.Ru
06-June, 15:56 |  1,129

Milliy valyutadagi eng daromadli onlayn omonatlar!

Tijorat banklari tomonidan bugungi kunda onlayn omonatlar bo’yicha mijozlarga ko’plab qulayliklar taqdim etilmoqda. Bu qulayliklardan eng muhimi banklarning mobil ilovalari orqali onlayn omonat ochishda foiz stavkalar yuqoriroq qilib belgilanishidir.

Milliy valyutadagi eng daromadli onlayn omonatlar!

Bundan tashqari, onlayn omonat ochish uchun bankka tashrif buyurmasdan, bankning mobil ilovasini yuklab olish yetarli. Hozirgi vaqtda ba’zi banklar hatto boshqa bank plastik kartasi bo’lsa ham onlayn omonat ochish imkoniyatini bermoqda. Agar aynan shu bankni plastik kartasi talab etilsa, bu xizmatdan ham masofadan turib, ya’ni kartaga onlayn buyurtma berib, uyga yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin.

Biz esa sizlarga eng daromadli onlayn omonatlar bo’yicha ma’lumot beramiz.

1. TBC Bankning muddatli omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 25%;
  • Omonat muddati - 24 oy;
  • Omonatning eng kam miqdori – 100 000 so’m.

TBC Bankning ushbu omonatini kamida 50 mln. so’m bilan ochish orqali Maldiv va Karib orollari, Dubay, Turkiya, Gruziya yoki Tailandga turistik yo’llanma yutib olish ham mumkin.

2. Tenge Bankning “Qulay onlayn” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%;
  • Omonat muddati - 13 oy;
  • Omonatning eng kam miqdori – 1 000 so’m.

3. Anor Bankning “Smart 2.0” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%;
  • Omonat muddati - 13 oy;
  • Omonatning eng kam miqdori – 100 000 so’m.

4. Universal Bankning “Yuksalish” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%;
  • Omonat muddati - 13 oy;
  • Omonatning eng kam miqdori – 500 000 so’m.

5. Qishloq Qurilish Bankining “Zavqli” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%;
  • Omonat muddati - 4 oy;
  • Omonatning eng kam miqdori – 1 000 000 so’m.

Bu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

 Teglar

Omonatlar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish