Markaziy bankning asosiy stavkasi o’zgarishi birinchi navbatda omonatlarning daromadliligiga ta’sir qiladi.
Bir qator banklar asosiy stavka oshgan vaqtda omonatlar bo’yicha eng yuqori foizlarni taklif qilayotgan edi. Lekin so’nggi oylar davomida omonatlar daromadliligi tushib borayotganini kuzatishimiz mumkin.
Bugungi kunda 33 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonat ochish mumkin. Deyarli barcha banklarda omonatni ikki xil usulda – onlayn tarzda mobil ilova orqali va bank filiali orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Aksariyat banklar onlayn omonatlar uchun 1%ga yuqoriroq stavkalar taklif etmoqda.
Eng yuqori foizli omonatni Madad invest bank taklif etmoqda – foiz stavkasi yillik 24%, muddati 13 oy, minimal summasi 1 mln so’mni tashkil etadi, omonat faqat bank ofislari orqali rasmiylashtiriladi.
Quyida barcha banklarning milliy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa, so’m | Muddati | Rasmiylashtirish usuli |
Madad invest bank | 24 | 1 000 000 | 13 oy | Bank ofislari orqali |
Garant bank | 23 | 1 000 000 | 3 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
TBC Bank | 23 | 100 000 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Ziraat bank | 23 | 3 000 000 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
Universalbank | 23 | 500 000 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
Anorbank | 23 | 100 000 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
Mikrokreditbank | 22-23 | 100 000 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
Agrobank | 22-23 | 500 000 | 13 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
Tenge bank | 22 | 1 000 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
22 | 10 000 000 | 13 oy | Bank ofislari orqali | |
Aloqabank | 22 | 50 000 | 12 oy | Mobil ilova orqali |
22 | 1 000 000 | 12 oy | Bank ofislari orqali | |
O’zsanoatqurilishbank | 22 | 500 000 | 13 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Hamkor bank | 22 | 2 000 000 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
Turonbank | 22 | 1 000 000 | 13 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Davr bank | 22 | 500 000 | 13 oy | Mobil ilova orqali |
Infin bank | 22 | 1 000 000 | 15 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Ipoteka-bank | 22 | 100 000 | 24 oy | Mobil ilova orqali |
Asakabank | 21-22 | 500 000 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
Kapital bank | 21 | 1 000 000 | 25 oy | Mobil ilova orqali |
Xalq banki | 21 | 100 000 | 18 oy | Mobil ilova orqali |
20.4 | 1 000 000 | 18 oy | Bank ofislari orqali | |
Qishloq Qurilish bank | 21 | 1 000 000 | 6 oy | Mobil ilova orqali |
13 oy | Bank ofislari orqali | |||
Milliy bank | 20-21 | 100 000 | 18 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
Ravnaq bank | 20.33 | 500 000 | 36 oy | Mobil ilova orqali |
Trast bank | 19-20 | 500 000 | 13 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
Asia Alliance bank | 19 | 1 000 000 | 24 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali |
Ipak Yo’li banki | 17 | 1 000 000 | 12 oy | Mobil ilova orqali |
Poytaxt bank | 17 | 1 000 000 | 24 oy | Bank ofislari orqali |
Orient Finans bank | 15-16 | 10 000 000 | 10 oy | Bank ofislari va mobil ilova orqali* |
*Omonat bank ofisi yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirilishiga qarab foiz stavka o'rnatiladi.
Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.