Top.Mail.Ru

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar!

Qo'shimcha daromad olishning eng ishonchli usullaridan biri omonatga pul qo'yishdir.

Milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar!

Kechagi mavzuimiz davomi sifatida esa, sizlarga bo’sh mablag’larni joylashtirishning usullaridan biri bo’lgan - milliy valyutadagi eng daromadli omonatlarni keltirib o’tamiz.

1. TBC Bankning “Muddatli” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 25%.
  • Omonat muddati - 24 oy.
  • Omonatning eng kam miqdori – 100 000 so’m.

Omonat bankning mobil ilovasi orqali rasmiylashtiriladi.

2. Ziraat Bank:

“Foyda-24” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 24%.
  • Omonat muddati - 24 oy.
  • Omonatning eng kam miqdori – 3 000 000 so’m.

Omonat bank ofisiga tashrif buyurish orqali rasmiylashtiriladi.

“Foyda-23” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%.
  • Omonat muddati - 13 oy.
  • Omonatning eng kam miqdori – 3 000 000 so’m.

Omonat bank ofisiga tashrif buyurish orqali rasmiylashtiriladi.

3. Tenge Bank:

“Jamg’arma” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%.
  • Omonat muddati - 13 oy.
  • Omonatning eng kam miqdori – 10 000 000 so’m.

Omonat bank ofisiga tashrif buyurish orqali rasmiylashtiriladi.

“Qulay onlayn” omonati:

  • Foiz stavkasi – yillik 23%.
  • Omonat muddati - 13 oy.
  • Omonatning eng kam miqdori – 1 000 so’m.

Omonat bankning mobil ilovasi orqali rasmiylashtiriladi.

Yuqorida keltirib o’tilgan banklardan tashqari, Markaziy bank asosiy stavkani oshirishi natijasida yana qator banklar ham omonatlar bo’yicha foiz stavkani yillik 23% miqdorida o’rnatgan. Ular qatorida Hamkor bank, Kapital bank, Agro bank, Mikrokreditbank, Anor bank, Qishloq qurilish bank. Ushbu va boshqa omonatlarning batafsil shartlari bilan Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:31 • 06 May, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish